Get Mystery Box with random crypto!

SOG'INCH 'Seni sog'insalar Sen ko'p sog'inding...' Xoh qadrdon | Cosmos🪐

SOG'INCH
"Seni sog'insalar
Sen ko'p sog'inding..."
Xoh qadrdon bo'lsin, xoh u bo'lsin yot.
Kutding kechalari o'rtandi qalbing,
Nahot sog'inishdan iborat hayot.

Shamol kokilingni tarab o'ynaydi,
Oftobning nurlari tillarang tolang.
Maysalar shitirlab, ishqing so'ylaydi,
Bag'rimni tirnaydi mahzun kuy, nolang.

Kelar yo'llaringga bo'lib intizor,
Yulduzlar ohidan kuy taraladi.
Isming yuragimga nurday quyilar,
Sog'inchning taftidan she'r yaraladi.

SEVINCH NURIDDINOVA
A.Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o’quvchisi

Ijod bog‘idan guldasta