Get Mystery Box with random crypto!

O’zimiz anglamagan holda to’yimiz bo’lib ketdi. U paytda umu | 𝐒𝐡𝐢𝐧𝐞 𝐰𝐢𝐭𝐡 𝐒𝐡𝐨𝐤𝐡𝐢𝐝𝐚 🔮✨

O’zimiz anglamagan holda to’yimiz bo’lib ketdi.
U paytda umuman to’yim bo’lishini xohlamaganman. Ikkimizning ham planlarimiz bo’lgan. Ota-onam shoshiltirmaganlar, turmush o’rtog’imning ota-onalari xafa bo’lmasligi uchun “xo’p” deganman.
Chunki turmush o’rtog’imni juda xurmat qilaman, mard, mehribon inson
Tabiiyki ular ham o’sha payt to’y xohlamaganlar, chunki to’ydan keyingi hayot uchun qiladigan planlari bor edi. Qila olmadilar.
Aslida biz katta va dabdabali to’y, to’ydan oldingi va keyingi keraksiz urf- odatlarni umuman xohlamaganmiz.
Bekorchilikdan uyushtirilgan urf-odatlarni umuman xushlamayman.
Biz ixcham to’y va chiroyli honeymoon xohlaganmiz, bo’ldi.
Lekin… Okay dedik va bu xatoyimiz bo’lgan. To’ydan keyin ham aynan be’mani odatlar va qila olmagan planimiz uchun ancha kelisha olmadik ya’ni hammaniki kabi shiriiin, uchib yuradigan davr bo’lmagan)
Muammo esa o’zimizda, yo’q 6 oydan keyin planlarimizni qilgandan keyin, biz xohlagandek bo’ladi demaganimizda)
Boshida yo’q deb turib olganman, lekin unda juda kech bo’lgan, vaholanki hammaga to’yga aytilgan bo’lgan.
Hozirgacha shu sababli muammolar bor. Kattalarning xohishi, odamlar nima deydi degan gaplar, be’mani urf- odatlar sababli ancha asabimiz ketdi. Hozir shu odamlarni esigayam tushmimiz.
Aslida turmush o’rtog’im ikkalamiz birlashsak juda katta kuchmiz, bir-birimizni hurmat qilamiz va xohishlarimiz bir
Hammasi yoshlarning o’ziga qo’yib berilganida edi, kattalar o’zining xohishi qurboni qilmaganda edi baxtli bo’lardi ko’pchilik
Endi, o’sha planlarimiz uchun yana harakat qilishni boshladik, lekin u muammolarni hal qilish va yangidan harakat boshlashga 4 oy ketdi.
Agar hamma planlarimizni qilib, turmush qurganimizda, o’zimiz xohlagandek bo’lganida hammasi boshqacha bo’lardi
O’tib ketgan narsani o’ylab energiya sarflamiman, aytmoqchi bo’lganim kimdir xohlagani uchun turmush qurmang, kelajagiz uchun sharoit yaratib, tayyor bo’lganizdagina quring. Odamlar sizga hech narsa qibermidi
Davomi 2 k Dan keyin