Get Mystery Box with random crypto!

Turk tilini bilib qayerlarda ishlashim mumkiiin, turk tilini b | 𝐒𝐡𝐢𝐧𝐞 𝐰𝐢𝐭𝐡 𝐒𝐡𝐨𝐤𝐡𝐢𝐝𝐚 🔮✨

Turk tilini bilib qayerlarda ishlashim mumkiiin, turk tilini bilibam moliyaviy mustaqil bo’lish mumkinmi? -deb so’radilar qizlar
Nega yo’q? Masalan sizda ingliz tilidan IELTS 7-7,5 bo’lsayam, ishni ko’zini bilmasangiz yo ishlagiz kemasa, dangasa bo’lsangiz moliyaviy mustaqil bo’la olmaysiz)
Hamma gap imkoniyatlardan to’g’ri foydalana olishda.
Xo’sh turk tilini bilishim manga qanday eshiklarni ochdi?
1)Moliyaviy mustaqil bo’ldim;
2) 200 ga yaqin qizlarning ijodiy ishi Xalqaro maydonga chiqdi;
3) Yosh elchi bo’ldim;
4) Turkiyani 3 marta ko’rdim, ota-onamga ham sayohat sovg’a qildim;
5)Shaxsiy biznesimni ochdim;
6)Turk tilidan dars beryapman;
7) Turk mehmonxonalari va tashkilotlaridan ishga hamkorlik kelib tushyapti;
8)Katta festival va sayohatlar tashkil qilyapman;
9) Turkiya universitetlari bilan ham hamkorlik qila boshladik;
10) Juda ko’p do’stlar va hamkorlar orttirdim!