Get Mystery Box with random crypto!

Navro‘z Sovuq qahratonlar o‘tdi-ku jondan, Bir yonda do‘llar | 😍Shoira Malohat she'rlari✏📝😍

Navro‘z

Sovuq qahratonlar o‘tdi-ku jondan,
Bir yonda do‘llar-u qorlar bir yondan,
Hayot o‘zgachadir sen kelgan ondan,
Bizga qutlug‘ kelgin, keltirib rizq-ro‘z,
O‘lkamda xush ko‘rdim men seni NAVZO‘R.

Boychechak dalada ko‘taribdi bosh,
Osmonda o‘zgacha nur sochar quyosh,
Kutishgandi seni barcha keksa yosh,
Bizga qutlug‘ kelgin, keltirib rizq-ro‘z,
O‘lkamda xush ko‘rdim men seni NAVRO‘Z.

Qaldirg‘och parvozin sog‘ingandi dil,
Kelinchalardeksan lol qoladi til.
Yangilanishlardan yasharar ko‘ngil,
Bizga qutlug‘ kelgin, keltirib rizq-ro‘z
O‘lkamda xush ko‘rdim men seni NAVRO‘Z.

Gina-kuduratlar ortda qoladi,
Bodomlar,, gul munchoq'' taqib oladi,
Qurigan ariqlar suvga to‘ladi,
Bizga qutlug‘ kelgin, keltirib rizq-ro‘z
O‘lkamda xush ko‘rdim men seni NAVRO‘Z.

Bunday vaqt sendadir, bir senda faqat,
Uyqudan uyg‘onar butun tabiat,
Sumalak kovlashib qilishar niyyat,
Bizga qutlug‘ kelgin keltirib rizq-ro‘z
O‘lkamda xush ko‘rdim men seni NAVRO‘Z.

Turnalar arqondek tizilib kelar,
Osmonda varraklar sayili bo‘lar,
Ko‘ksomsa, xalimga qozonlar to‘lar
Bizga qutlug‘ kelgin keltirib rizq-ro‘z,
O‘lkamda xush ko‘rdim men seni NAVRO‘Z

Doim shundan bo‘lsin har bitta fasl,
Musaffo va tiniq bo‘lsin osmonim,
Shundan shodiyona ko‘paysin yurtda,
Navro‘zing muborak O‘ZBEKISTONIM!!!


NIZOMOVA MALOHAT ILHOM QIZI
FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH: O‘ZBEK TILI TA'LIM YO‘NALISHI 2-KURS TALABASI