Get Mystery Box with random crypto!

Малоҳат Низомова шеъри Масрур САНАЕВ ўқиди. Eh bilmaysiz.... | 😍Shoira Malohat she'rlari✏📝😍

Малоҳат Низомова шеъри
Масрур САНАЕВ ўқиди.

Eh bilmaysiz....

Qalb sog‘inchda dard-u alam yutganini,
Xayollarim uyim tomon ketganini,
Eh bilmaysiz ich-ichimdan o'tganini,
Musofirda yurgan kunim achinarli.

Farzandlarim ko'rgim kelar borolmayman,
Onamdan ham bir bor xabar ololmayman,
Do'stlar bilan choyxonada qololmayman,
Musofirda yurgan kunim achinarli.

Yillar o'tib otam qaddi bukilgandir,
Sog'inchlardan ko'zyoshlari to'kilgandir,
Rafiqam ham meni deya o'kingandir,
Musofirda yurgan kunim achinarli.

Bardosh qilib qiynalganim sezdirmayman,
Onamni ham dardin aytib bezdirmayman,
Yuragini havotir-la ezdirmayman,
Musofirda yurgan kunim achinarli.

Boqayapman qo'lda qoldi eski surat,
Dalda berdi chidashimga ular faqat,
Bu kunlarga Olloh o'zi berar toqot,
Musofirda yurgan kunim achinarli.

@Shoira_Qiz