Get Mystery Box with random crypto!

Sog‘indim lekin ortga qaytish imkonsiz, Yur yashaylik muhabba | 😍Shoira Malohat she'rlari✏📝😍

Sog‘indim lekin ortga qaytish imkonsiz,
Yur yashaylik muhabbatli, armonsiz,
Sevmoqlikka ulgurgandik ammo lek,
Nega endi ikkalamiz ayromiz.

Ko‘zlaringni ummonida suzay man,
Qo‘ling ushlab bulutlarda kezay man,
Yuzlaringdan kulgu bo‘lsin doimo,
Baxtli qilib bu umringni bezay man.

Sog‘inganing aytish qiyin bo‘ldimi?
Yoki g‘urur ustimizdan kuldimi?
Kel kulaylik biz baxtlarga bir qarab,
Qalbda yongan sevgi o‘ti so‘ndimi?


Mayli menga atab she'rlar bitmagin
Ha sevaman, sevgim nobud etmagin,
Hayotimning mazmunisan sevgilim,
Ket desam ham meni tashlab ketmagin.
@Shoira_Qiz