Get Mystery Box with random crypto!

KUNDALIK 📖🖋

Telegram kanalining logotibi shohi_kundaligi — KUNDALIK 📖🖋 K
Telegram kanalining logotibi shohi_kundaligi — KUNDALIK 📖🖋
Kanal manzili: @shohi_kundaligi
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-10-17 08:01:18 Bu dunyodagi oltin haqiqat:

" Nimanidir xohladingizmi harakat qiling, agar harakat qilishni istamasangiz unda xohlamang!"

O'zingiz tanladingizmi endi qochmang. Aslida bizning hozir nimamizki bo'lsa qachondir buni Allohdan so'raganmiz. Shuning uchun yaxshi yomon deb nomlamasdan go'zal yashab bering. Agar hozirgi holatingiz yoqmayotgan bo'lsa variant bering bo'ldi. Buning uchun ortiqcha energiya va vaqtingizni sarflamang.

P.s: Men shu yerda yozganlarimni yashab ko'rib xulosa qilgan holda aytaman. Sizga foydasi tegadi degan umiddaman
28 views05:01
Ochish/sharhlash
2022-10-08 17:19:58
Olijanoblik...
Bu yer ongidan balandda degani.
Bunaqa odamlarni gap so'z, boshqalar nima deyishi qiziqtirmaydi. Ko'p hollarda blogerlar shunaqa bo'ladi. Chunki blogerlarni har kuni qancha odam tanqid qiladi, ko'nglini og'ritadi. Lekin ular yana va yana davom etishadi. Sababi insonlarga, olamga o'zidan nimadir berish ularga bu gap so'zlardan muhimroq...

Masalan, kimdirga birgina so'z yetadi tanlagan yo'lidan qaytishiga...
Agarda sizni bir tanqid yoki gap so'z qalqitayotgan bo'lsa, shu emotsiyalardan yuqoriroq chiqib bularga e'tibor bermas darajadagi maqsadingizni eslang. Agar o'ylash kerak bo'lsa shu maqsadga qanday erishish haqida o'ylang
6 viewsedited  14:19
Ochish/sharhlash
2022-10-08 08:45:39
Dee_hanim jonim opam tavallud ayyomingiz muborak. Siz shunchalar ko'p insonlarga yordan berdingizkiii bilasizmi buni mukofotini albatta olasiz. Sizni kuzatishni boshlaganimdan buyon hayotimda ko'p narsalarni o'zgartiroldim.

Bilasizmi sizdan o'rgandim hech kimdan hech narsa kutmasdan yashashni, evaziga hech narsa kutmasdan yaxshilik qilishni...

Xudoyim sizni yaxshilik, sevgi ulashuvchi qilib keltirgan bu dunyoga...

Men sizdan o'rgandim
shunchaki yashashni...
hayotimni mas'uliyatini o'z qo'limga olishni...
tezda qaror qilishni...
niyat qilib Allohga tavakkal qilishni...
Menga yordam berishga hech kim majbur emasligini...
qo'rquvlar bilan yuzlashishni...
o'zimni har qanday holatda qo'llab quvvatlashni...
o'zimni qabul qilib tan olishni...
.
.
.
yozaversam tugamaydi...

p.s: sizda ham hayotda ko'rmagan lekin ming yildan buyon tanishdek qadrdon insonlaringiz bormi?
4 viewsedited  05:45
Ochish/sharhlash
2022-10-07 20:20:15
Bitta yangiligim bor. Lekin nimaligini keyinroq aytaman ok
5 views17:20
Ochish/sharhlash
2022-10-03 09:54:04
So'zda tasvirlab bo'lmaydigan hislar yig'ida o'z tasvirini topadi...

5 views06:54
Ochish/sharhlash
2022-09-23 19:44:27
Kurashayotgan odam hamisha mag'lub...
9 views16:44
Ochish/sharhlash
2022-09-23 08:40:09
Bugun sizlar bilan ong chegaralarini yorish praktikasi bilan bo'lishaman.

Ya'ni bunda hozir eng katta xohishizni yozasiz va "undan keyin nimaga erishaman?" yoki " u menga nima beradi?" savoli bilan ochib ketaverasiz.

Masalan:
kursga borishni ( undan keyinchi?) -> bo'sh vaqtim bo'lmaydi -> muammolarga o'ralashib qolmiman -> hotirjam bo'laman ->....

xullas shunaqa davom ettirasiz. Bu praktika ongizda tromblar hosil bo'lishini oldini oladi va ong hech narsaga taqalmasdan, hech narsani oxirgi yo'l deb yopishib olmasdan davom etadi.

p.s: Men o'zim tupikka kirib faqat bitta yechimga yoki yo'lga yopishib olayotganimni sezsam shuni ishlataman.

#Miss.Shokhista
12 viewsedited  05:40
Ochish/sharhlash
2022-09-19 17:57:23
Bitta gap keb qoldi. Aytmasam bo'miydi

Men shu o'qishga kirganimdan buyon Ingliz tilini o'rganishni istayman, lekin unga 2-3 yil ketadi...bu qiyin... shuncha vaqtda o'rganib bo'lamanmi...qaysi o'qituvchi eng zo'ri ya'ni yaxshi o'rgatadi...
....Yana shunga o'xshagan turli xil baxonalar bilan shu paytgacha cho'zib yuribman...

vaaa
hech qanaqa tajriba ham natija ham yo'q!

Bu bilan nima demoqchiman. Agarda men o'shanda boshlaganimda va eng zo'rini tanlab o'tirmasdan hozir borida o'rganganimda hech bo'lmaganda tajriba olardimmm...

p.s: xullas davomini yozib o'tirishga erindim
20 views14:57
Ochish/sharhlash
2022-09-15 19:55:54
Mushuk mendan qochib ketdi

#hikoya

...
Bitta sayyoh shahar qabristonini ziyorat qilishga kelibdi va g'alati holatga duch kelibdi. Ya'ni qabr toshlariga yozilgan gaplar uni hayron qoldiribdi. Qabr toshlarida insonni ismi sharifi va yashagan umrlari yozib qo'yilarkan.
Sayyohni hayratlantirgan narsa shuki ularni umri va yashagan vaqtlari bir biriga to'gri kelmasmish. Ya'ni qabrda "78 yil umr ko'rdi 45 yil yashadi", yana birida "65 yil umr ko'rdi 35 yil yashadi"...hattoki birida " 57 yil umr ko'rdi ammo yashamadi" deb yozib qo'yilgandi.
Keyin sayyoh hayron bo'lib shu yaqin o'rtadagi bir insondan nimaga bunaqaligi sababini so'rabdi. Shunda boyagi kishi javob beribdi:
- Chunki bu yerda insonlarni haqiqiy qalbdan yashagan vaqtlari hisobga olinadi, - debdi.
...

p.s: Bu hikoyani ancha vaqt avval bitta telegram kanalda o'qib qolgandim. Hozir sizga o'sha hikoyaning mazmunini o'z talqinimda aytib berdim. Reaksiya qoldiring his qilsangiz...
26 viewsedited  16:55
Ochish/sharhlash
2022-09-15 19:28:05 Lekin buni boshqa rakursi ham bor siz bu niyatni eng muhimi deb yopishib olgan bo'lsangiz ham butun borliq sizni niyatingizni amalga oshirmaydi. Chunki inson ongida bu "so'ngi manzil"degan fikr paydo bo'ladi. Bu esa borliq qonunlariga zid. Siz hali yashashingiz kerak. Shuning uchun hechnimaga "bo'ldi shu oxiri" yoki "shunga yetsam bo'ldi" kabi ongda qarash mumkinmas...

P.s: voybuuuu ichim to'lib qoptiku. Nima deganimni his qildingizmi?
22 viewsedited  16:28
Ochish/sharhlash