Get Mystery Box with random crypto!

#Yaxshilik qil, dengizga ot...! Junayd Bagʻdodiy hazratlari d | 𝐒 𝐇 𝐎 𝐃 𝐎 𝐍 𝐈 𝐌 🤍

#Yaxshilik qil, dengizga ot...!

Junayd Bagʻdodiy hazratlari dengiz sohilida kezar ekanlar, bir majusiy koʻpgina yem-ozuqa olib, dengizga, baliqlarga tashlardi.
Buni koʻrgan Junayd hazratlari:
— Nima qilganing bu? — dedilar.
— Savob umidida baliqlarga yem tashlayapman.
— Sen musulmon emassan-ku, qanaqa savob haqida gapiryapsan? Savobdan umid qilish uchun, avvalo Allohga iymon keltirishing kerak.
— Xoʻp mayli, unda ayt-chi, sen aytayotganing Alloh mening baliqlarga yem tashlayotganimni koʻryaptimi?
— Albatta, Uning koʻrmaydigan, bilmaydigan narsasi yoʻqdir.
— Shu menga yetadi.
Oradan 4-5 yil oʻtdi.
Junayd hazratlari Haj ibodati uchun Makkaga ketdilar.
Kaʼbani tavof qilib turar ekanlar, roʻparalarida baliqlarga yem tashlagan majusiy ham tavof qilardi. Hazrati Junayd:
— Bu yerda seni nima ishing bor?
— U (Alloh) meni koʻrdi.
— Qanday koʻrdi?
— Sen ketganingdan soʻng, ichimda bir yorugʻlik, nur porladi.
Qarasam, hamma baliqlar ogʻzini ochib, shahodat kalimasini aytyapti.
Men ham baliqlarga qoʻshilib, shahodat kalimasini aytdim.
Sening Robbing meni koʻrdi.
U koʻrgani uchun men shu yerdaman.
Senga bir nasihatim bor: yaxshilik qil, dengizga ot — baliq bilar, baliq bilmasa — Xoliq bilar...!

t.me/shodonim ~