Get Mystery Box with random crypto!

#hadis #ramazon Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Robb | Shine

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi:

«Robbning rizosi ota-onaning rizosidadir. Robbning noroziligi ota-onaning noroziligidadir».

Sharh: Bu hadisda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning gaplari keltirilmoqda. Baʼzi vaqtlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam emas, sahobalar tilidan aytilgan muhim maʼnodagi gaplar hadis kitoblarimizda keltirilaveradi. Chunki sahobalar bunday gaplarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitishmasa, o‘zlaridan aytishmaydi.

Bizda «Ota rozi – Xudo rozi» degan gap bor. Xuddi mana shu xalq so‘zi biz o‘rganayotgan hadisning tarjimasidir. Robbning roziligi volid, yaʼni ota-onaning roziligidadir. Alloh taoloning noroziligi esa ota-onaning noroziligidadir.

Demak, kim Alloh taoloni rozi qilishni istasa, ota-onaning roziligini olishga harakat qilishi kerak ekan. Kim Alloh taolo mendan norozi bo‘lmasin, desa, ota-onasini norozi qilmaslik uchun harakat qilishi kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan