Get Mystery Box with random crypto!

«Wiki-stipendiya» marafonini e'lon qilamiz! Bugungi kunda dun | SHEVASHUNOS

«Wiki-stipendiya» marafonini e'lon qilamiz!

Bugungi kunda dunyodagi eng yirik ma'lumotlar bazasi — Wikipedia ochiq internet ensiklopediyasiga maqolalarning 63 foizi ingliz tili, 6,9 foizi rus tili, 4 foizi turk tili va boshqa tillarda kiritilgan. Afsuski, o'zbek tilidagi maqolalar 0,1 foizdan ham kam ko’rsatkichni tashkil qiladi.

Shu sabab Yoshlar ishlari agentligi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Wiki-stipendiya» marafonini e'lon qiladi. Bundan asosiy maqsadimiz internet tarmog'ida o'zbek tilidagi foydali ma'lumotlarni ko'paytirishdan iboratdir.

G'oliblar: 1-o'rin 50 mln so'm, 2-o'rin 40 mln so'm, 3-o'rin 30 mln so'm pul mukofotlari bilan, bundan tashqari, eng faol beshtalikning har biri 20 mln so'm, eng faol o'ntalikning har biri esa 10 mln so'mlik bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi.

Marafon shu yilning 20-mayidan 20-dekabriga qadar o'tkaziladi. Marafonda ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot Telegram boti orqali ro'yxatdan o'ting.

@alisher_sadullaev