Get Mystery Box with random crypto!

Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakatuh Ilohim har bir | Namoz haqida

Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakatuh

Ilohim har bir kuningiz xayr va barokatlarga toʻla boʻlsin! Yurtimiz tinch boʻlsin, osmonimiz xamisha musaffo boʻlsin!

Allohim xonadoningizga barokatlarini, rahmatlarini, magʻfiratlarini, ikromlarini, tugamaydigan- oʻzgarmaydigan doimiy- doimiy ne’matlarini sochib qoʻysin!

Farzandlarimizni umrilariga, rizqlariga, nasllariga, kasbu-korlariga barokatlar bergin!

Orqamizda qolib, xayrlilar ila, ehsonlari va tilovatlari ila bizni eslaguvchi, jannatda nurdan toj kiydirguvchi zurriyodlar boʻlishsin!

Robbim, ota- onalarimizni, yaqinlarimizni, birodarlarimizni, jamiiki yer yuzidagi musulmonlarni Oʻzing panohingda asra!

Robbim, bizlar orzu qilganimizdan-da yaxshirogʻini, kutganimizdan-da afzalrogʻini, soʻraganlarimizdan-da xayrlirogʻini nasib ayla! Amiyn!

Xayrli tong yaxshilar