Get Mystery Box with random crypto!

Sevmaslikka Bahona Topma Kaminadan kutasan neni Baxt eshig | 💔🥀 AZOBLI DUNYO 🥀💔

Sevmaslikka Bahona Topma

Kaminadan kutasan neni
Baxt eshigin yuzimga yopma
O'zing aldab yolg'ondan meni
Sevmaslikka bahona topma


Majnun bo'lsam sen bo'lgin layli
Gullayversin ishqimiz sayli
Hayot bergan sinov tufayli
Sevmasllikka bahona topma


Mahkam ushlab tutay qo'lingni
Doim hardam kutay yo'lingni
Telba bo'lgan oshiq qulingni
Sevmasllikka bahona topma


Rashkingizga toqat to'ldi deb
Yurakdagi sevgi o'ldi deb
Keting qaytib kelmang bo'ldi deb
Sevmaslikka bahona topma


Umir o'tar ummondek oqib
Yashash kerak kimgadir yoqib
Ichdan to'qib ko'zimga boqib
Sevmasllikka bahona topma


Shoirga yor bo'lish ham fahir
Qadrim bilmay qilasan haqir
Izlamagin kamim yo'q ahir
Sevmasllikka bahona topma


Yulduzimiz bir birga mos
Bitta so'zim qulog'inga os
O'tinaman sendan iltimos
Sevmaslikka bahona topma


ishonchsizlik boshlar nizoni
Ko'ngling bo'lsa bergin rizoni
Bundan buyon Sarvar Mirzoni
Sevmaslikka bahona topma

Muallif Sarvar Mirzo
16.07.2022 13:02

@Sherlar_olamiida