Get Mystery Box with random crypto!

​​Biz farzandlarimiz ta’limi va tarbiyasi uchun reja tuzganmiz | Sherali Turdiyev

​​Biz farzandlarimiz ta’limi va tarbiyasi uchun reja tuzganmizmi?
Ularni 18 yoshida qanday ko’rishni istardik?

Keling, “uyda bolalar ta’limi va tarbiyasi (homeschooling)” sohasida mashhur ustoz onalardan Zohra Sarvari tajribasini ko’rib chiqib, o’zimiz uchun o’rnaklar olaylik.

1-qism

Zohra Sarvari hozirda AQShda “uyda bolalar ta’limi va tarbiyasi” faoliyati bilan shug’ullanib, tajribali muslima ona sifatida farzandlarga ta’lim va tarbiya berishda eng yetakchi tarbiyachi ustozlardandir. Zohra Sarvari - insonlar uchun yoshligidan poydevor qurish asosida yozilgan 15ta kitob muallifi, ayollar va bolalarning baxtli hayot kechirishlarini qo’llab-quvvatlaydigan murabbiya, biznes sohasida ham tajribali mutaxassis sifatida tanilgan ayoldir.

Hozirda Zohra Sarvari 4 farzandning onasi, “uyda bolalar ta’limi va tarbiyasi” faoliyati bilan juda mashhur, va bu faoliyati samarasini farzandlari hayotida ko’ra olgan ona sifatida tanilgan. Bilamizki, AQSh, Kanada kabi davlatlarda, ko’plab musulmon oilalar - jamiyatdagi ma’lum muammolar ichida, farzandlarini o’z millati va musulmonligini saqlab qolgan holda yetuk shaxs qilib yetishtira olish uchun “uyda bolalar ta’limi va tarbiyasi (homeschooling)” ni afzal ko’rishmoqda. Va, bu - o’z o’rnida yaxshi, xattoki a’lo natijalar ham ko’rsatmoqda.

Zohra Sarvaridan: “Farzandlaringiz uchun nega “uyda bolalar ta’limi va tarbiyasi” ni afzal ko’rdingiz?”- deb so’ralganda, shunday javob bergan:

“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam davridagi ta’limga qaradim va unda ustoz-shogird uslubida dars o’tilganini ko’rdim. Va, o’sha davr musulmonlarida, mehr-muhabbat, samimiylik, tartib-intizom kabi insoniylik tuyg’ulari eng yuqori darajada bo’lganini payqadim. Buning sirini bilish uchun ko’p izlandim. Bildimki, farzandlar uchun uydagi ta’lim va tarbiyaning ahamiyati buyukligini tushunib yetdim, va maktab ta’limi va tarbiyasini uyda berishni boshladim. Avval o’zimdan so’radim: farzandlarim 18 yoshga to’lganda, ular qanday bo’lishini xohlardim?
“Moddiy tarafdan, farzandlarim o’z uylari, moshinalari yoki xohlagan narsalari erishishlari mumkin. Ammo, ruhiy jabhada, ular o’zlaridagi iymon kabi buyuk ne’matning nima ekanligini qadrlolmaydi. Aksincha, yaqinlari va begonalarga nisbatan hurmatsizlik, xohlagan so’zlarini ayta olishlari - oddiy tus olsa, onalarini ham qadr-qimmatini e’tibordan qoldirmaydilarmi?” - deb ko’p o’yladim.

Alaloqibat, bunday reja qildim:

Mening farzandim 18 yoshga to’lganida:
- Qur’onni yodlagan bo’lishi;
- eng yaxshi axloq egasi bo’lishi (Rosulluloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga uyg’un yashashi);
- eng yaxshi kitoblar muallifi bo’lishi;
- eng yaxshi nutq qobiliyatiga ega bo’lishi (Xalqaro konferensiyalarda erkin ravon gapira olishi);
- 14 yoshida o’rta maktabni tugatib, universitetda yaxshi ko’rgan mutaxassisligida o’qishni boshlashini”.

Aziz onajonlar, keling birga farzandlarimiz uchun oilaviy maqsadlar qo’yamiz va ushbu savolga aniq javob berishga harakat qilamiz.
“Men farzandimni 18 yoshga to’lganda qanday ko’rishni xohlayman?” Bu savolga javob berish farzandlarimiz uchun kunlik rejalarimizni tuzishimizda juda muhim ro’l o’ynaydi.

Biz reja tuzib harakat qilamiz, va ishonamizki albatta Allohning rejasi biznikidan mukammaldir!

Kamola Ummu Ibrohim tarjimasi

@muallima_ona