Get Mystery Box with random crypto!

Hamroh boʻldi koʻngilga gumon, Yuragimga alamlar makon, Mening | M͜͡e͜͡n͜͡i͜͡ s͜͡h͜͡o͜͡i͜͡r͜͡ q͜͡i͜͡l͜͡g͜͡a͜͡n͜͡ a͜͡s͜͡l͜͡i͜͡ ō͜͡z͜͡i͜͡n͜͡g͜͡s͜͡a͜͡n͜͡..!

Hamroh boʻldi koʻngilga gumon,
Yuragimga alamlar makon,
Mening kabi qizgʻonib har on,
Sevolasizmi?!

Koʻnolmagan hislarimdasiz,
Bosilmagan izlarimdasiz,
Hoy yurakni oʻgʻirlagan qiz,
Sevolasizmi?!

Kuyinaman, kuyaman oʻzim,
Sizni baxtga eltmoqlik soʻzim,
Oshiq kabi ey moviy koʻzim,
Sevolasizmi?!

Maktublarga dardni oʻrayman,
Sadoqatga sodiqman shayman,
Sizdan umid ila soʻrayman,
Sevolasizmi?!

Sevaman deng, yulduzlar kabi,
Tunni kutgan kunduzlar kabi.
Matonatli oshiq yurakda,
Yashang jonim gulyuzlar kabi!

Juma ARIPOV

@She_rlarimdasan