Get Mystery Box with random crypto!

Uzun kiysa sipo boʻlib olganini qarang deysiz, Kalta kiysa, uz | M͜͡e͜͡n͜͡i͜͡ s͜͡h͜͡o͜͡i͜͡r͜͡ q͜͡i͜͡l͜͡g͜͡a͜͡n͜͡ a͜͡s͜͡l͜͡i͜͡ ō͜͡z͜͡i͜͡n͜͡g͜͡s͜͡a͜͡n͜͡..!

Uzun kiysa sipo boʻlib olganini qarang deysiz,
Kalta kiysa, uzuq-yuluq shiming buncha tarang deysiz,
Inson oʻzi koʻngli toʻlmas toʻlmagaydir hech ishga,
Hijob kiysa, iffat uchun yuribdi-ku arang deysiz!

Gʻiybat sizga yarashmaydi, savol soʻroq qilmang hech,
Har insonning bir jihatin, bachkanalar bilmang hech,
Toshlardan gul unib oʻsar, daryo yuzin oʻpar suv,
Oʻzingizcha koʻp gapirib, oʻzga dilni tilmang hech!

Siz tanqidlar qilib qizlar, begonalar boʻldilar,
Satanglikning koʻchasida ovoralar boʻldilar.
Nomard yigitlarni deya chimildiqqa yetolmay,
Million million kuyuk qalblar sadporalar boʻldilar!

Yana kulib, muzday suvni sepadursiz boshidan,
Quchogʻini toʻldirdingiz nadomatning toshidan,
Zor-zor qaqshab parvonadir koʻngildagi koʻshkiga,
Bir attang ham qilmadingiz koʻzidagi yoshidan.

Chorlaganda labbay degan aslida giryon qizlar,
Sochin qirqta oʻrib yurgan jambilu rayhon qizlar,
Iroqisi boshlarida, er koʻnglini chogʻ etgan,
Odam qovurgʻasidagi oʻynoqi bir jon qizlar!

Juma ARIPOV

@She_rlarimdasan