Get Mystery Box with random crypto!

Yor-yorlar aytilgan kun, Sevgi kul, soʻndi uchqun. Bizni yor t | M͜͡e͜͡n͜͡i͜͡ s͜͡h͜͡o͜͡i͜͡r͜͡ q͜͡i͜͡l͜͡g͜͡a͜͡n͜͡ a͜͡s͜͡l͜͡i͜͡ ō͜͡z͜͡i͜͡n͜͡g͜͡s͜͡a͜͡n͜͡..!

Yor-yorlar aytilgan kun,
Sevgi kul, soʻndi uchqun.
Bizni yor tashlab ketar,
Malham yoʻq yurak uchun.

Yigʻlama yurakkinam,
Nihoya topdi sevgi.
Dunyoning ishi shudir,
Ishqingni yoʻqdir tengi.

Azoblar dargohida,
Yolgʻiz koʻngil ovora.
Vafosiz bizning sanam,
Oʻylamaydi na chora.

Eh, dunyo qurib ketsin,
Otqilay yuragimni.
Tirnalgan koʻksim bilmam,
Kimga ham keragimni.

Ishvalar olar jonim,
Sochlari boʻynimga dor,
Vaʼdalar berib ammo,
Tashlab ketdi bizni yor...

Kuylasam kuyim hijron,
Yigʻlasam dilda armon.
Qayrilib qaramayin,
Bizdan ketdi yorijon...

Juma ARIPOV
30.06.2022 13:06
@She_rlarimdasan