Get Mystery Box with random crypto!

“Til bilimdonlari” onlayn intellektual tanlovi gʻoliblari aniq | Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Til bilimdonlari” onlayn intellektual tanlovi gʻoliblari aniqlandi!

Mazkur tanlov Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan joriy yilning 15–28-oktyabr kunlari oʻtkazildi.

Tanlov 2 bosqichda tashkil etildi. 1-bosqich qamrovi 355 mingdan oshdi va ishtirokchilarga 5 kun davomida jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalariga oid test savollari berildi. Eng yuqori ball toʻplagan 313 nafar va loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchilar finalga yoʻllanma oldilar.

Tanlovning final bosqichida ishtirokchilarga jami 50 ta ochiq va yopiq test savollari va ularni ishlash uchun 1 soat vaqt berildi. Yakunda eng koʻp ball jamgʻargan ishtirokchilar tanlov gʻoliblari deb topildi.

Tanlovda 1 nafar 1-oʻrin 5 million soʻm, 2 nafar 2-oʻrinlar 4 million soʻmdan, 3 nafar 3-oʻrinlar 3 million soʻmdan, 4 nafar 4-oʻrinlar 2 million soʻmdan va 10 nafar 5-oʻrinlar 1 million soʻmdan pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Quyidagi gʻolib boʻlgan ishtirokchilar bilan tanishishingiz mumkin:

Raʼno Abduraupova — TDPU talabasi;

Rajabboyeva Sevinch — NavDPI talabasi;
Omonova Sevinch — NavDPI talabasi;

Shuxratova Xurshida — SamDU talabasi;
Samandar Tulovkobulov — OʻzDJTU talabasi;
Temur Xoshimov — OʻzDJTU talabasi;

Saminjonova Muxlisaxon — FarDU talabasi;
Oychehra Xolmatjonova — FarDU talabasi;
Abdullayeva Samira Bozor qizi — ToshDOʻTAU talabasi;
Sabina Gʻaybulloyeva — BuxDU talabasi;

Ismoilov Faxriddin — TDYU talabasi;
Rahmonova Durdona — ToshDOʻTAU talabasi;
Feruza Asatullayeva — ToshDOʻTAU talabasi;
Juramurodova Shodiyona — KIUT Namangan filiali;
Moʻminova Maxsuda — FarDU talabasi;
Fotima Tursunboyeva — TDPU talabasi;
Jahongir Temirov — TATU talabasi;
Raimov Akbar — JDPU magistranti;
Xayitboyev ibrohim — UrDU talabasi;
Eʼzoza Qoʻziboyeva — QarDU talabasi.

Tanlov nizomida muvofiq, loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchi “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolib deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻm pul yutugʻi bilan taqdirlanadi. Nominatsiya gʻoliblari bilan quyidagi havola orqali tanishing:

“Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻoliblari

Bundan tashqari final bosqichida ishtirok etgan quyidagi ishtirokchilar ham sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi:
Djumayeva Baxtiniso — TerMTI AL oʻqituvchisi;
Ziyodullayeva Gulhayo — Navbahor tumani 15-maktab oʻqituvchisi;
Zarif Quvonov — NavDPI oʻqituvchisi;
Sayfullayeva Dilnura — Mirishkor tumani 21-IDUM 11-sinf oʻquvchisi;
Sayyora Sodaliyeva — NamDU stajyor dokdaranti;
Usmonova Azizabonu — ToshDOʻTAU AL oʻquvchisi;
Sharofat Sobirova — Urganch shahridagi 6-maktab oʻqituvchisi;
Shuxrat Namazov — TDPU Yoshlar masalalari, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi;
Zuxurova Nasiba — Payariq tumani 97-maktab oʻqituvchisi.

Bundan tashqari tanlovning final bosqichida faol ishtirok etish, savollarning 70% ziga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
Sertifikat turli tashkilotlar va tanlovlarga taqdim etilganda uning haqiqiy yoki soxtaligini QR kodni skanerlash orqali aniqlash mumkin.

Sertifikat bilan taqdirlangan ishtirokchilarning roʻyxati

Barcha gʻoliblarni tanlov tashkilotchilari nomidan muborakbod etamiz. Bilimingiz ziyoda boʻlsin. Taqdirlash marosimi haqida tez orada maʼlumot beriladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube