Get Mystery Box with random crypto!

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetinin | Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetining talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlari dam olish kunini maroqli o'tkazishdi. Gap shundaki, 30‐oktabr kuni tarbiyachi pedagog D.Nigmatova boshchiligida talabalar Shahrisabz Madaniyat saroyiga tashrif buyurishdi. U yerda O'zbek Milliy Akademik Drama teatrining taniqli aktyorlari bilan ijodiy kecha uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv tomoshabinlarga ajoyib, qiziqarli lahzalarni taqdim etdi. Aktyorlar va talabalar o'rtasida bo'lib o'tgan savol - javoblar talabalarda yorqin taassurotlar qoldirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube