Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat xushxabar 'Ayol qizlar Onlayn akademiyasi' darslarni | Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Istanbul Ta'lim-Tarbiya Akademiyasi

Diqqat xushxabar

"Ayol qizlar Onlayn akademiyasi" darslarni onlayn tarzda yoʻlga qoʻyganini ma'lum qiladi

Akademiya arab tili va sharʼiy ilmlarga ixtisoslashgan.

Akademiya 3 yillik bo’lib, birinchi kursda tolibalar arab tilida bemalol yozish, o’qish va tarjima qilish salohiyatiga ega bo’ladilar. Tolibalar bu malakalarni hosil qilgach ikkinchi kursdan shar'iy ilmlarni o’rganishga kirishadilar.

Tolibalar asosiy fundamental bilimlarni yaxshi va ishonchli o’zlashtirishi uchun birinchi va ikkinchi kurslarda darslar faqat o’zbek tilida olib boriladi. Uchinchi kursda esa yuzda-yuz arab tilida boʻlib oʻtadi.

3 yillik shar’iy ilmlar davrida tolibalar Moturudiy aqidasi va Hanafiy fiqhida mo’tabar deb bilingan ma'lum kitoblarni o’qib tugatadilar.

Darslar haftada 5 kun 5 soatdan bo'lib, o’quvchi kunlik darslarni yaxshi o’zlashtirishi uchun 5 kun davomida 07:00 dan 12:30 gacha darsga halaqit beradigan vazifalari va ishlari bo'lmasligi shart!

Batafsil ma'lumot

Murojaat uchun:
@akademiya_onlayn