Get Mystery Box with random crypto!

Bir toʻy boʻldi, bir toʻy boʻldiyey, Keksalar ham ketdi yoshar | Shaxsiy Blog1

Bir toʻy boʻldi, bir toʻy boʻldiyey,
Keksalar ham ketdi yosharib,
Oʻynay-oʻynay yakunlangach kuy,
Duo qildi qoʻlin koʻtarib.

Omin dedi, keksa otalar,
Qoʻl ochishdi duoga hamma.
Erkaklaru qizu xotinlar,
Duo bilan qoʻyishdi tamgʻa.

Kuchin koʻring duoning endi,
Soʻragani, koʻklarga yetdi.
"Topganingga toʻy qilgin dedi"
Topgan puli toʻylarga ketdi.

Duomidi qargʻishmidi bu,
Yuzlab yilki shunday kechadi.
Boshqa yoʻqdek oʻzbekda orzu,
Topganini toʻyga sochadi.

https://t.me/joinchat/V9rOjjc2w___l0Xf