Get Mystery Box with random crypto!

Qaysi kitobni o’qishimni tavsiya qilasiz? So’rab qolishadi sh | Shaxsiy Rivojlanish

Qaysi kitobni o’qishimni tavsiya qilasiz?

So’rab qolishadi shaxsiyda.

Maqsad? Deb so’rayman.

-Hayotimni o’zgartirish. (Katta burilish qilish)

“Odam yozgan bir dona kitob hayotimni o’zgartirib yuboradi” deb o’ylashlik — soddalik.

Odamni kitob o’zgartirmaydi, kitob o’qish o’zgartiradi.

Kuniga yarim soat doimiy o’qish 5 yilda seni umuman boshqa odamga aylantiradi

Qanday kitobligini farqi yo’q

Boshlanishiga — qiziq bo’lsa bo’ldi

Yangi kitobxonlarning ko’pi, “boy ota”, “robin sharma”, “alkimyogar” “karnegi” lardan boshlaydi.

O’qishning mazasini tushungach, qiyinroq, chuqurroq mavzularni xohlab qoladi:

Taleb, Grant, Gladwell, Chaldini, Isakson, Tohir Malik…

3-4 yil o’tib, buyam oddiylik qiladi, qanday qilib ruhiyat, ilm-fan, klassika, tarix, geosiyosat, Navoiy, Rumiy va sanoat dizayni haqida o’qishni boshlaganini o’zi ham sezmay qoladi.

Bu — ensiklopedik o’qish deyiladi. Dunyoqarashni va natijada odamni, aynan shunday o’qish o’zgaritadi.

Lekin kitob o’qishdan yakuniy maqsad o’zgarish emas. Bu o’zgarish hali foydalimi yo’qmi, noma’lum.

Yakuniy maqsad — kutubxonadagi hech qaysi kitobdan qo’rqmaydigan darajaga chiqish.

Bundan maqsad esa:

Biron voqea, kasb, mavzu qiziqtirdimi — 3-5 ta kitob o’qib, tushunib olish. Natijada doim kerakli kadr, tadbirkor, do’st yoki suhbatdosh bo’lib qolish.

O’zgarish esa shunchaki — bonus.
Azizrakhimov

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi