Get Mystery Box with random crypto!

O'zini voz kechilmas dep bilganlarga shuni eslatip qo'ymoqchim | 💜Счастье💜

O'zini voz kechilmas dep bilganlarga shuni eslatip qo'ymoqchiman:
"Bizning o'tmishimiz o'zini voz kechilmas deb bilgan va voz kechilgan insonlarga to'la. Sevganimiz, hurmat qilganimiz uchun sevgimizga bog'lanip qoldik. Siz esa o'zingizni voz kechip bo'lmaydigan insonlar sifatida ko'rdingiz. Qaniydi, kibrni bir chekkaga surip, sizdan ham voz kechishlarini bilip, sizga berilgan sevgini hurmatni oz bo'lsada anglay olganingizda edi. Voz kechilmaydigan inson, vaqt davo bo'lmaydigan bir dard yo'q. Bir vaqtlar sizdan voz kechmagan bo'lsam, bu sizdan kecha olmaganim uchun emas, sevgim tufayli edi. Ammo qadriga yetmadingiz"
Aslida, bu jarayonga shunday yondashsak ham bo'ladi:
Sevgani uchungina sabr qilgan insonlar bor.
Sevgani uchun boshiga kelgan o'nlab dardlarga qaramasdan o'zini o'tga otgan insonlar bor.
Sevgani uchungina haq bo'la turip, uzr so'ragan insonlar bor.
Voz kechib bo'lmasligi uchun emas, sevgisi sabab voz kechishni istamagan insonlar bor.
Faqat sevgani uchun...
Bir marta sevilganini his qilgani uchun manmanlikka taslim bo'lganlar bor.
Bir marta sevilgani sabab o'zini yo'qotib qo'ymagan, muhabbat bilan ulg'aygan insonlar bor.
O'zi sevilgani uchun sevishni pisand qilmay, bahonalar ortiga bekingan va o'zini voz kechib bo'lmas deb hisoblagan kishilar bor.

"Siz voz kechilmas emassiz, voz kechmagan biz edik!"
Qadrlab sevganimiz uchun sizga voz kechilmaslikni his qildirgan bo'lsak, sizdan voz kechishni ham bilamiz!