Get Mystery Box with random crypto!

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: “Ehsonnin | ШАВКАТ ЗУЛФИҚОР

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: “Ehsonning mukofoti faqatgina ehsondir” (Ar-Rohman surasi, 60-oyat). Ya’ni, yaxshilikning mukofoti faqatgina yaxshilikdir. Ushbu oyati karimadagi birinchi yaxshilik bandalar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu yaxshilikning ichiga barcha ezgu ishlar kirib ketadi. Ikkinchi yaxshilik esa Alloh taolo tomonidan yaxshilik qiluvchilarga beriladigan Jannatdir.
Jabroil alayhissalom kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Yaxshilik haqida xabar bering” deganlarida u zot: “Yaxshilik bu - Alloh taologa ko‘rib turgandek ibodat qilishligingizdir. Garchi siz Uni ko‘rib turmagan bo‘lsangiz ham U Zot sizni ko‘rib turibdi” deb javob berganlar.
Barchamiz har doim qo‘ldan kelgunicha yaxshilik qilmoqligimiz lozim. Alloh taolo yaxshilik qilguvchilarni suyadi. Vaholanki, Alloh taolo O‘z suygan bandasini hech qachon xor qilib qo‘ymaydi.

Bizni shu manzilda kuzating

https://t.me/shavkatbek_zulpukarov