Get Mystery Box with random crypto!

​Mutaassiblik - (arab. متعصب va grek. Φανατισμός tarj. fanatiz | Sharqshunos

Mutaassiblik - (arab. متعصب va grek. Φανατισμός tarj. fanatizm) - maʼlum bir mafkura va qarashlarga, ayniqsa, diniy-falsafiy, milliy va siyosiy sohalarda haddan ziyod, koʻr-koʻrona va hissiyotlarga berilib ergashish va ularga amal qilish. Qandaydir tushunchalarga, eʼtiqodga yoki dunyoqarashga sodiqlikning eng soʼnggi darajasi.

Mutaassiblikning eng keng tarqalgan koʻrinishi bu - diniy mutaassiblik. Mutaassiblik, fanatizm - biron eʼtiqodga yoki dunyoqarashga oʻta berilganlik, boshqa har qanday qarashlarga toqat qila olmaslik (masalan, diniy mutaassiblik).
[O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi]

Mutaassiblik boshqa fikrlarga qarshi aqliy fikriy javob bera olmagandan keyin fikr egasi shaxsiyatiga qarshi mana bunday bo'xtonlar qilishgacha undaydi. Mutaassiblik avval insondan ayri, chetdan singdiriladi (inson fitratida tolerant bo'ladi), keyinchalik vaqt o'tgan sari insonning o'zi mutaassibga aylanadi.

Yana bir ma'nosi konservator.

@sharqshunosuz