Get Mystery Box with random crypto!

ILM KITOBI Rasululloh: ilm talab qilish har bir musulmon uchu | Aql uyģon! Dunyoni zabt et

ILM KITOBI

Rasululloh: ilm talab qilish har bir musulmon uchun farzdir!

Farzdir ! deyilgan. Qarang . Siz necha yoshdasiz , 19mi, 20,25,36,42 yo 65 ?! Yoʻq! Buning kimsiz, qayerdasiz , nima holatdasiz farqi yoʻq! Balki hozir juda banddirsiz, yoki betob yoki 2 ta bolangiz bordir ?!
Bildimki, ilm uchun joy muhim emas . Ilm talabi uchun universitet, kursda oʻqishning keragi yoʻqdir balki !

Bilasizmi, ilmsizligimiz tufayli, aynan u sababgina bizning holatimiz hozir shunday! Biz YASHAMAYAPMIZ ! Biz his qilmadik , tanimadik kimmiz oʻzi aslida? Ilm yoʻq . Biz kimnidir muhokama — gʻiybat qilyapmiz . Toʻyiga boryapmiz-u , nonini yeyapmiz-u , kelib turib oʻsha inson haqida negatiiiivlar oqimini atrofga tarqatyapmiz . Ongsiz ravishda. Bu biz uchun GIYBAT emas, balki doimiy "suhbat" boʻlib ulgurdi .

Yuribman .Yashayapman. Zerikarli oʻsha hayot . Doim bir xiil. Rangsiz kunlar . Ilmsizlikdan bu !

Ilm – nima oʻzi ?! Nima bu – ilmsizlik , ilmlilik?! Angladimki , ilm biz uchun hozirgiiii kunda faqat yaxshi hayot , moʻl daromad kaliti emasss !
U har bir vaziyatimizda, holatimizda biz uchun eng soʻnggi yechimdir!

Ilm– bu ingliz tili, tarix , adabiyotni oʻrganishlik emas , avvalo, oʻzingizni Allohni tanishlik , his qilishlikdir . Ongingizning oʻsishi , zinama- zina koʻtarilishdir!

Robbim barcha- barchamizni foydali ilmlar bilan qalblarimizni yoritsin inshaalloh! Har bir ish , kishida yaxshilikni , mehrni , pozitivlikni koʻraoladigan qilsin inshaalloh!



Hozircha shu . Lekin tamom emas . Fikrlarim oʻta subyektiv . Va bular mening qarashlarim .

#1_ilm_nima_onglilik