Get Mystery Box with random crypto!

SOG‘INIB (Sizga) Siz aytgan so‘zlarni sog‘inib, Esladim, o‘rt | Komila Shamsiyeva

SOG‘INIB
(Sizga)

Siz aytgan so‘zlarni sog‘inib,
Esladim, o‘rtandim, yig‘ladim.
Sim qoqmoq istagi bo‘lsada
Iymanib, qo‘ng‘iroq qilmadim.

Ko‘nglimning yoshlari, yuzimni,
Har kuni yuvganin bilmassiz.
Bir bora sog‘inib, so‘zimni..
Nechun, siz qo‘ng‘iroq qilmassiz?..


Komila Shamsiyeva
Yettinchi avgust
@SHamsiyevaKomila