Get Mystery Box with random crypto!

30 yanvar - O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov | Pedagogika instituti

30 yanvar - O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Har yili bu sanani nishonlash, marhumni xotirlash ezgu an'anaga aylangan.
Jumladan TDPU Shahrisabz filialida ham O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab tadbir o’tkazildi. Tadbirni filial direktori A. G’aniyev kirish so’zi bilan ochib berdi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov faoliyatiga doir videofilm namoyish etildi. Filial iqtidorli talaba yoshlaridan X.Xudoyorova o’z qalamiga mansub I.Karimov hotirasiga bag’ishlangan she’rini o’qib berdi.