Get Mystery Box with random crypto!

Pavel Durov 37 yoshga to'lgani munosabati bilan yangi hayotiy | Shahboz Shokirov || Blog

Pavel Durov 37 yoshga to'lgani munosabati bilan yangi hayotiy maslahatlar bilan bo'lishdi. O'z blogida u 3 ta qadri nomunosib past va 7 ta qadri nomunosib baland narsalar haqida gapirdi.

Qadri nomunosib past

1.
Uyqu. Uyqu immunitet, kreativlik hamda ruhiy sog'liqqa ijobiy ta'sir qiladi.

2. Tabiat. Tabiat shunday muhitki, biz biologik jihatlarimiz tufayli unda o'zimizni yaxshi his qilamiz.

3. Yolg'izlik. Yolg'izlik bizga ruhan va aqlan yuksalishga erkinlik yaratib beradi.

Qadri nomunosib baland

1. Katta shaharlar
. Katta shaharlar atrof-muhitning ifloslanishi, jinoyat va shovqin manbayi hisoblanadi. Ularning qulayliklariga ega bo'lish yaxshi, lekin ulardan tashqarida yashash yaxshiroqdir.

2. Restoranlar. Ovqatlanishning eng sekin va samarasiz usulini taklif qilishadi. Uyda pishirish sizga sog'lom ovqatlanishni saqlash va masalliqlarni nazorat qilish imkonini beradi.

3. Issiq havo. Quyoshli ob-havo nafaqat charchashga, balki saraton va tezroq qarish xavfiga olib kelishi mumkin. Sovuqroq harorat esa ruhni, tanani va idrokni kuchaytiradi.

4. Moda. Doimiy o'zgaruvchan trendlarga moslashishga erishish qimmat va keraksizdir. O'zingizga qulay tarzda kiyinish hayotingizni osonlashtiradi va muhimroq narsalar uchun vaqt qoldiradi.

5. Ko'chmas mulk. Ko'chmas mulk sotib olish ko'pincha tanlovni cheklaydi va shubhali sarmoyadir. Ijarada turish yangi joylarni kezish va o'rganish uchun erkinlik yaratadi.

6. Ijtimoiy tarmoqlar. Ongimizni chalkashtirib yuboradigan keraksiz ma'lumotlarning doimiy oqimi baxt va ijodkorlikka salbiy ta'sir qiladi. Bu servislardan voz kechish — har kuni qilishimiz mumkin bo'lgan eng yaxshi ishdir.

7. Mashhurlarning maslahatlari. Mashhur insonlar ko'pincha o'z vakolatlariga kirmaydigan asossiz maslahatlar berishadi. Hayotdagi barcha muhim narsalar uchun ilmiy dalillarga va mutaxassislarning fikriga tayanish yaxshidir.

@ShahbozShokirov