Get Mystery Box with random crypto!

#yangi Murojaat (G'azal ko'rinishidagi she'r) 'Ko'rmagan'ma | KO'NGLIMDAGI DARYO

#yangi

Murojaat
(G'azal ko'rinishidagi she'r)

"Ko'rmagan"man bevafoni, "chekmagan"man ko'p jafo,
Agar sen chin vafo bo'lsang,o'tmishimni kavlama.

Bag'rimni qon etib bo'lgan tega tega nayzalar,
Agarchi sen malham bo'lsang, yaro qalbim kavlama.

Ishq solarkan TANGRI TAOLO ruh ato etgan chog'i,
Agar ishqdan umid etsang, adolatni kavlama.

Uqib olgin bu aslida Buxoriydan qolgan hadis,
Agar jannat orzu qilsang, birov ortin kavlama.

Jilovin tut kelgan chog'i, yana bo'yninga bog'lama,
Bo'lib unga qul keyin Qur'onimni kavlama.

Qil VATANGA jon fido, shartmas unga qop to'la she'r,
Yurt boshiga yov kelsa gar, yana qopingni kavlama,

Gar majlisda sanalmasang shoirlarni sanar chog'i,
Ey Jahongir, bu ishing qo'y, she'riyatni kavlama.

@sh_jakhongir