2022-08-27 11:56:11
"Ajdarlar" Superliganing 17-turida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 29-avgust kuni soat 19:00 boshlanadi.
Qarshiliklar birinchi davrada Toshkentda 1:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. Uchrashuvdagi yagona golga Suhrob Nurulloyev mualliflik qilgan.
Quyida “ajdarlar”ning “temiryoʻlchilar”ga qarshi oʻtgan bellashuvlariga oid statistikasi bilan tanishishingiz mumkin:
Ushbu jamoalar Oʻzbekiston chempionatida shu kungacha 35 bor kuch sinashishgan. Ustunlik “ajdarlar” tomonida. Boʻlib oʻtgan 16 uchrashuvda "nasafchilar", 13 oʻyinda esa “temiryoʻlchilar” zafar quchishgan. 6 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.Toʻplar nisbati 46:38 "ajdarlar" foydasiga.
Oʻzaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar bir xil koʻrinishda: “Nasaf” – “Lokomotiv” 5:2, “Lokomotiv” – “Nasaf” 5:2.
Eʼtiboringizga, jamoalar ishtirokidagi soʻnggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
02.04.2022 Lokomotiv — Nasaf 0:1
27.11.2021 Nasaf — Lokomotiv 1:3
30.07.2021 Lokomotiv — Nasaf 2:0
03.12.2020 Nasaf — Lokomotiv 0:0
27.08.2020 Lokomotiv — Nasaf 0:4
"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati
t.me/fcnasaf
1.2K views08:56