Get Mystery Box with random crypto!

Samodagi ona nidosi Sog'insang yig'lama jonim bolam-a, Sening | Sevinch's blog🫠

Samodagi ona nidosi
Sog'insang yig'lama jonim bolam-a,
Sening hayolingda har kun yuraman.
Qani deb izlama mening onam-a,
Endi, tushlaringda kelib turaman.

Omonat, Ollohga topshirdim seni.
Men shukur keltirdim kirgan yoshimga.
Ulg'ayib unutma jon bolam meni.
Har zamon kelib tur qabrim boshiga.

Afsus orzularim ko'p attang,
Ortimdan yig'lamay duolar qilgin.
O'zgani yor qilsa kun kelib otang,
Roziman o'shani Onam deb bilgin.

Men mana yo'l oldim, yo'lim olis deb.
Sog'insam ichimga yutib yuraman.
Hudo jannat ato, qilsa bandam deb,
Sizlarni jannatda kutib turaman.

Faqat esli bo'ling, odobli bo'ling.
Qur'on-oyat o'qing sog'ingan damlar.
Mard bo'ling, ehsonli, bir gapli bo'ling,
Ununtmang men sizni ko'rib turaman.

Yetib deb kulmasin, ko'rgan odamlar.
Hushyor bo'l singlinga, ehtiyot qilgin.
Tunlari goh yig'lab qolishi mumkin.
Iltimos men uchun mehribon bo'lgin.

Suratimni ilsang, oldinga ilgin,
Ko'rganda sog'inching qonishi mumkin.
O'sha mendan meros omonat senga,
Iltimos, yomondan yiroqda bo'lgin.

Singlinga mehribon, ehtiyot qilgin,
Uning yuzlarida meni ko'rasan.
Ardoqla iltimos o'tinchim faqat,
Bechora qizimga aka bo'lasan.

Kelib tur yonimga, tez-tez kelib tur,
Qalbim nurga to'lar, ko'rsa soyangni.
Mehringni ayama, doim berib tur...
Yo'qlab tur mehringa to'ymas Onangni!



She'rni oqib tasirlanmaganlar bormi