Get Mystery Box with random crypto!

Telegramdan....... Mayli yugur chopib uylan. Uying tomin yop | 💞 Bi̞̟̫̺ͭ̒ͭͣR Mu̟͎̲͕̼ͮͫͭ̋ͭ͛ͣ̈Ha̘̫͈̭͌͛͌̇̇̍BBa̘̫͈̭͌͛͌̇̇̍T Ta̘̫͈̭͌͛͌̇̇̍Ri̞̟̫̺ͭ̒ͭͣXi̞̟̫̺ͭ̒ͭͣ💞

Telegramdan.......


Mayli yugur chopib uylan.
Uying tomin yopib uylan.
Zamonaning zayli yigit.
Telegramdan topib uylan.

Ko'rganida ketsin erib.
O'ra shirin so'zlar terib.
Guruhlarda E'lon berib
Telegramdan topib uylan.

Yozilsin go'zal harflar.
Chiroyiga ber tariflar.
Tashlab yurakchali giflar.
Telegramdan topib uylan.

Erkalab qo'y onashim de.
Momiqqinam nonashim de.
Ishon yo'qdir o'ynashim de.
Telegramdan topib uylan.

Yurishmaydi hozir chetda.
Yaxshi qizlar bari netda.
Baxting tayyor internetda.
Telegramdan topib uylan.


(Bekzod A'ZAM)..