Get Mystery Box with random crypto!

Nega telni olmaysiz? Sizni xafa qildimmi? Yuragizni tildimmi? | SēVgĪ bU XāQıYQıY aZoB🍂❤

Nega telni olmaysiz?

Sizni xafa qildimmi?
Yuragizni tildimmi?
Yo ustizdan kuldimmi?
Nega telni olmaysiz?

Jahlizni chiqardimmi?
Suvizni siqardimmi?
Sochizni qirqardimmi?
Nega telni olmaysiz?

Sog'intirib qóydimmi?
Kózlarizni óydimmi?
Sózlarizdan tóydimmi?
Nega telni olmaysiz?

Hovliga chiqganmidiz?
Óchoqni yoqganmidiz?
Sigirni soqqanmidiz?
Nega telni olmaysiz?

Ovqat qilayapsizmi?
Gazga choy qóyyapsizmi?
Serial kóryapsizmi?
Nega telni olmaysiz?

Omadiz chopyaptimi?
Onanggiz sezyaptimi?
Urishib qóyyaptimi?
Nega telni olmaysiz?

Oromiz buzamanda,
Qalbizda kezamanda.
She'rimda suzamanda,
Nega telni olmaysiz?

Ne bóldi yoqmadimmi?
Shirinsóz taqmadimmi?
Yosh bólib oqmadimmi?
Nega telni olmaysiz?

Meni uzoq kutdirib,
Yomon sózni keltirib.
Armonlarim kuldirib,
Nega telni olmaysiz?

Sóng afsus qilasizda,
Bag'rizni tilasizda.
Mendan ayrilasizda,
Gar telni olmasanggiz!