Get Mystery Box with random crypto!

#ERTAGA_JUMA X A Y R L I T U N . Haqiqatdan qoʻrqqan odam | ❤️🥀 Yolg'on Sevgi 🥀❤️

#ERTAGA_JUMA

X A Y R L I T U N .


Haqiqatdan qoʻrqqan odam yolgʻonning panasiga berkinadi.

Doʻstni xoʻrlash – gunoh. Umr yoʻldoshini xoʻrlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xoʻrlash – ming hissa gunoh. Goʻdakni xoʻrlash – cheksiz gunoh.

Ish koʻpligi-yu, vaqt yoʻqligidan nolimang. Vaqt koʻpligi-yu, ish yoʻqligidan qoʻrqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.

Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.

Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib boʻlmaydi.

Dunyoda mukammal narsa yoʻq. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuygʻuda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, oʻsha koʻproq iztirob chekadi.

Insonning bahosi bu dunyoda oʻzi olgani bilan emas, oʻzidan qolgani bilan belgilanadi.

Dunyoda eng bebaho, ammo hamisha benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu – Ona mehri!


Sizlarni Alloh uchun yaxshi koʻramiz!
Tuningiz osuda oʻtsin, yaxshi dam oling!

T.me/Sevgi_Sevgi_N1