Get Mystery Box with random crypto!

Siz bilmaysiz sog'inganimni, Oy nurida qolgan damlarim. Siz bi | Sevgi haqida sherlar

Siz bilmaysiz sog'inganimni,
Oy nurida qolgan damlarim.
Siz bilmaysiz tushimda kòrib,
Yosh boladay quvonganlarim.

Siz bilmaysiz yurak yuziga,
Ismingizni yozib kuyganim.
Sog'inchlardan oqqan yoshimdan,
Ismiz yozib marjon terganim.

Siz bilmaysiz xayollarimda,
Siz-la doim birga yurganim.
SHodligimdan samoga boqib,
Sizga atab marjon terganim.

Siz bilmaysiz sog'inganimda,
Sizga atab she'rlar yozganim.
Dardga tòla she'rlarim òqib,
Òz dardimda òzim yonganim.