Get Mystery Box with random crypto!

Faraz qiling yo'qman siz uchun Faraz qiling emasman mavjud Ye | Sevgi haqida sherlar

Faraz qiling yo'qman siz uchun
Faraz qiling emasman mavjud
Yetsa kerak o'zimga kuchim
Sevganim yo'q dardimxam unut

Faraz qiling kuymadim “siz” deb
Yo’lingizni poylaganim yo’q
Goho jondan to’ymadim “siz” deb
Loqaydlikdan otmadingiz o’q

Faraz qiling uchrashmadik biz
Bilmaymiz ham kimmiz aslida
Siz yaramga sepmadingiz tuz
Kulgularim mudom avjida

Faraz qiling uchrashmadik biz
Faraz qiling unutdim sizni
Unutilgan sevinchlar kabi
Sizsiz kutgum endi yoz, kuzni
Ha unutdim o’kinchlarim kabi

Faraz qiling yo’qman siz uchun
Yonganim yo’q sizni ko’rib sira
Kurashaman yetgancha kuchim
Kurashlardan qolar hotira
Faraz qiling uchrashmadik biz...