Get Mystery Box with random crypto!

Yur seni baxt sari olib ketaman... Hayotning lazzatin totamiz | Sevgi haqida sherlar

Yur seni baxt sari olib ketaman...

Hayotning lazzatin totamiz birga,
Shirin tuyg'ularni tuhfa etaman.
Agar mumkin bo'lsa, senla bo'lmoqlik,
Men seni baxt sari olib ketaman!

Mayli, g'anim yonsin hasad o'tida,
Layli, Majnun bizga qilsinlar havas.
Ko'rolmaganlarni o'tlarda yoqib,
Yur, seni baxt sari olib ketaman...

Yig'lab qolsin o'sha ming bevafolar,
Ichini yondirib kechib ketaman.
Daydi yillarimning alamlaridan,
Men seni baxt sari olib ketaman!

Ming ming qizlar ichra tanladim seni,
ALLOH nasib qilsa baxtga eltaman...
Agar mumkin bo'lsa menla bo'lmoqlik,
Yur, seni baxt sari olib ketaman......