Get Mystery Box with random crypto!

MUSOFIR NONI Do‘stim bilmaysiz musofir dardin Uzidan utganin | Sevgi haqida sherlar

MUSOFIR NONI

Do‘stim bilmaysiz musofir dardin
Uzidan utganin uzi biladi
Yurtini soginchi yurakda tugun
Musoffir qadrini musofir bilar

Gohida ish bo'lsa goxida bo'lmas
Bir bo‘lak non topsa suvini topmas
Qiynalsa xam kamini uzgaga aytmas
Musofir dardini musofir bilar

Pul topay deb ishlaydi uyqusiz tuni
Sanasa xam utmaydi ba'zida kuni
Yurtidan olisda ayrodir yuli
Musofir nonini yegan biladi

Yuqchilik dastidan gado boladi
Kunlarni bazida og'ir o‘tadi
Qo‘llari mexnatdan qadoq bo‘ladi
Musofir mehnatin musofir bilar

To‘y bazm tantana ulardan yiroq
Yaqinlari to‘planar ular yo‘q biroq
Pinxona yig'laydi tanada titroq
Musofir sog'inchin musofir bilar

Yurtini soginsa borib
kelolmas
Oilasin xolidan xabar ololmas
Musofir baribir musofir ekanda
Musofir yulini yurgan biladi

Olisda soginar sevgan yorini
Rasmiga termulib qarar goxida
Yigitlik sevgisin or bilan tanda
Musofir sevgisin musoffir bilar
@Sevgi_haqida_sherlarimiz