Get Mystery Box with random crypto!

BIR QIZGA Men qishloq chekkasidan, Sen shahar markazidan. Sen | Sevgi haqida sherlar

BIR QIZGA

Men qishloq chekkasidan,
Sen shahar markazidan.
Seni tanib olganman,
Mashinang markasidan.

Qaysi boyning qizisan—
Qiziqtirmas toʻgʻrisi!
Yoring boʻlay, rozi boʻl,
Eh, sevgimni oʻgʻrisi.

Yuraging ne xohlaydi,
Hammasiga tayyorman.
Ichsang shakar, ichsang choy,
Sevsang mana men borman!

Uyim katta emas, lek,
Namoz uchun yetar joy.
Eshitsang oʻqib beray,
"Taborak"ni hoyna-hoy.

Senga berar va'dam yoʻq.
Bizda maqsad aytilar.
Toʻydan keyin esda tut;
Xaromlardan qaytilar.

Faqatgina tortmaysan,
Ashklaring hoʻplamini.
Oʻqisang topib beray,
Hadislar toʻplamini.

Haloling boʻlmoq niyat!
Gapim emas kinoyi.
Kelin boʻlsang, boʻlardim
Onajoning kuyovi!

@Sevgi_haqida_sherlarimiz