Get Mystery Box with random crypto!

Sevgimiz Men seni sevgimga tashna qilmayin Sen meni mehringg | Sevgi haqida sherlar

Sevgimiz


Men seni sevgimga tashna qilmayin
Sen meni mehringga intiq qilmagin
Seni qalbim bilan ardoqlab yashay
Sen esa mehringga oʻrab tashlagin

Shunday sevaylik-ki bir-birimizni,
Hatto-ki dunyolar hayratda qolsin.
Hayo libosini kiygan sevgimiz
Havas qilganlarga ibratlar olsin...

Nigohing koʻzimga tushgani zamon,
Tiling soʻz demasdan tushunsam seni.
Yuraging eslatsin, unutsang bir on,
Koʻzlarimda porlab turgan mehrni

Sen menga "sevaman" deb aytmading hech
Men senga "sevaman"demadim zinhor
Duoi joningni qilgum erta-kech
Deyman hayotimda yaxshiyam sen bor

Qayda boʻlmay boʻlib mendan havotir
Yaxshimisan deya soʻraysan ahvol
Oʻylayman balki chin muhabbat shudir
Balki shu men kutgan eng shirin iqbol

Kel, shunday chopaylik baxtimiz quchib
Yomonliklar bizga yeta olmasin
Sevgimiz oʻchogʻi qolmasin oʻchib
Umid bogʻlarimiz gullab tolmasin

Sen mendan charchama men sendan hargiz
Bir umr mehring-la yonib yashayin
Shunday sadoqatli qalb sohibiga
Jonimni poyondoz qilib toʻshayin