Get Mystery Box with random crypto!

Ba'zan sizda ham shunaqa bo‘lib turadimi. Na bu dunyoning biro | SERVET PAGE

Ba'zan sizda ham shunaqa bo‘lib turadimi. Na bu dunyoning biror joyiga sig‘asiz, na dunyo qadar keng qilib kelgan ko‘nglingizni biror nima sig‘adi...

Aslida siz ham, men ham pessimist inson emasmiz. Agar shunday bo‘lganimizda boshimizga tushgan shuncha tashvishlar bilan shu yerga ham yetib kelmas edik...

Ammo, baribir, ba'zi-ba'zida qalbimizdagi jarohatlar ochilib ketadimi, bilmadim-u, hech kimga va hech nimaga qiziqish qolmaydi.

Ma'lum bir vaqtga hamma narsa siz uchun ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Hatto atrofingizda o‘tirganlar ham odatiy bir holda, sizni ichingizdan o‘tayotganlarini sezmaydi. Ularni begonalardek his qilib yuborasiz...

Bo‘ldi davom etmayman. Sababi 1-2 soat o‘tib manashu yozganimga ko‘zim tushganda hammasi o‘tib ketgan bo‘ladi. Yozganim naqadar ahmoqona ekaniga kulib qo‘yaman...