Get Mystery Box with random crypto!

Yonsei universiteti UIC granti Bu Yonsei universitetining bak | SEOUL_TOPIK

Yonsei universiteti UIC granti

Bu Yonsei universitetining bakalavr uchun tashkil qilingan alohida programasi.
UIC ni qisqartmasi esa Underwood International College.

Bu programani GKS-UIC grantiga aloqasi yo'q.
Koreyada liberal art yo'nalishida o'qimoqchi bo'lganlar uchun bu juda ajoyib programa.

Bu programada darslar faqat Ingliz tilida olib boriladi.
Shunday ekan bu programaga TOPIK emas IELTS sertifikati kerak.

Kamiga bu programaga hujjat topshirib 4 yillik grand yutib olishlari mumkin.
4 yil bepul o'qib, bakalavr diplomini olish qanday mazza.(Albatta grantni saqlab qolish uchun yaxshi o'qish kerak).

Buning uchun sizni diplom baholaringiz yaxshi bo'lishi, hujjatlaringiz zo'r bo'lishi va suhbatdan a'lo o'tishingiz kerak.

Batafsil ma'lumot uchun(Ingliz tilida) link:https://uic.yonsei.ac.kr/main/about.asp?mid=m01_01_01

Link orqali kirib o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
#koreya #grant

P.s. Ertaga bu programa haqida boshqa tafsilotlarni berishga harakat qilaman!

P.s.s. Koreya o'qishlarining har birida o'ziga xos shunday grantlar bor. Shunday ekan siz ham qidirib ko'ring.