Get Mystery Box with random crypto!

Hayol surib esingni yema. Avvalgidek bo‘lamiz dema. Hamma nars | 💗ҚАЛБИМДА💞 СЕНСАН💗

Hayol surib esingni yema.
Avvalgidek bo‘lamiz dema.
Hamma narsa qara o‘zgargan,
Avvalgidek bo‘lmas hech nima.

Ishq bog‘ida qurigan gullar,
Yulduzsiz tun mazmunsiz kunlar,
Muzday sovib bo‘lgan ko‘ngillar,
Avvalgidek bo‘lmas hech nima.

Gaplashganda qilamiz ko‘p do‘q,
Til yurakka otib turar o‘q,
Sen bor men bor ammo sevgi yo‘q,
Avvalgidek bo‘lmas hech nima.

Zabon ojiz chiqmas og‘iz so‘z,
Uchrashmaymiz nahot yuzma-yuz,
Bo‘ldi yurak umidingni uz,
Avvalgidek bo‘lmas hech nima.

Kelar deya yo‘llarin kutma,
Bo‘ldi yetar g‘am alam yutma,
O‘zgani deb o‘zni unutma,
Avvalgidek bo‘lmas hech nima.

U holingdan xabar olmaydi,
Kulib senga nazar solmaydi,
Bordan kechib sen-la qolmaydi,
Avvalgidek bo‘lmas hech nima.

Oy-u kunlar o‘zgardi vaqtlar,
Qara hatto buzildi ahdlar,
Endi armon bo‘ldi u baxtlar,
Avvalgidek bo‘lmas hech nima.

Mehribonim yagonam derdi,
Yolg‘on bilan umringni yerdi,
O‘tmish bilan yashama endi,
Avvalgidek bo‘lmas hech nima.

@sensanqalbimda