Get Mystery Box with random crypto!

Bu Taqdir !!! 15 - Qism. Ko'zlarimga ishonmasdim hayron bo' | 💗ҚАЛБИМДА💞 СЕНСАН💗

Bu Taqdir !!!

15 - Qism.

Ko'zlarimga ishonmasdim hayron bo'lgancha uni ushlab ko'rdim yuzlariga qo'limni bosarkanman bu chindan ham u edi Madinani yuzlaridan silab Madina tirikmisan yoki man tush ko'rayopmanmi agar tushim bo'lsa ham uyg'otmagin iltimos u bo'lsa yo'q tush emas shoxruz aka degancha jimgina tikilib turardi. Man uni yuzlaridan silab qancha sog'inganimni bilasanmi har kuni shu yerga kelib sani kutardim, sani qidirdim osmonlarga tikilib vaslingni hudodan so'radim, u ham ko'zlarimga boqgancha man ham sizni 2 yildan buyon qidiryobman Turkiyada mani davolashdi kasalimga davo topildi, 3 yil deganda u yerdan qaytdim. Sizga qo'ng'iroq qildim ammo telefoniz o'chiq ekan. Internetdan ham topomadim. Kergan vaqtiz bir necha yil oldingini ko'rsatyobdi, asosiysi biz topishgan edik, asosiysi u yonimda edi taqdir menga uchinchi bor uni nasib etdib yo'limga chiqargan edi, hozir esa Madina hotinim, Oyim,Dadam, Singlim hammamiz birga yashaymiz singlim bilan Madina juda ham inoq huddi opa ukadek, bazida ertalab yonimda yo-q bo'lsa qo'rqib ketaman ketib qoldimi deb shoshilib ko'chaga qarasam suv sepayotgan bo'ladi unga termulib turib hursand bo'lib ketaman. Hozir bog'ga yolg'iz bormiymiz endi 3 kishimiz man dada bo'lganman Behruz degan kichkina og'limiz bor liken haligacha Madina meni hotinim ekanligiga ishonmiy qolaman lekin har kuni menga telefon qilib qattasiz, nima qilyapsiz, ishdan qaytishizda Behruzni oling uyga non olish esizdan chiqmasin bugun salat oling degan gaplariga obbo hop deymanda ichimda ollohimga shunday taqdir bergani uchun behisob shukurlar qilaman. Hozi juda ham baxtliman har kuni hudoga shukrona aytarkanman menga shunday baxt bergani uchun robbimga meng bor rahmat. Taqdir deganlari shu ekan 3 marotaba bizni to'qnash qildi sevishganlar misolida chin do'stlar qiyosida oxiri esa er hotin juft halollar sifatida taqdirga ishonmaganlar uchun maslahatim kimnidir sevsangiz agar u sizni taqdiriz bo'lsa uzoqda bo'ladimi yaqinda bo'ladimi albatta u sizni topadi agar kimnidir sevsangizu sevgingizga javob ololmasangiz uni sevmasligingizni bilsangiz bilingki u inson taqdiringiz emas taqdirga bitilgan insonni albatta siz topasiz yoki u sizni topadi...


TAMOM

@sensanqalbimda