Get Mystery Box with random crypto!

Senior Daler | Internet Marketing

Telegram kanalining logotibi seniordaler — Senior Daler | Internet Marketing S
Telegram kanalining logotibi seniordaler — Senior Daler | Internet Marketing
Kanal manzili: @seniordaler
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

📌90 kunda Internet orqali sotuvlaringizni 2-10X oshiramiz!
⚡️Targeting, Sotuv voronkasi, Copywriting✅
Admin🧑‍💻: @axtamov_daler

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-12-26 14:30:51
Komentda yozilgan negativga qanday munosabat bildirish kerak?

Tez javob berish kerak

Negativ komentlarga iloji boricha birinchi 2-3soatda javob qaytarish kerak. Ja bo'lmaganda 1 kunda. Agar e'tiborsizlik qilsangiz, bu javobsiz qolgan negativ fikrlar boshqalarni ham zaharlaydi. Natijada, negativ yig'ilib boraveradi.

Negativ turini aniqlang

Spam, sababsiz xaqoratlashlarni komentlardan o'chirib tashlash kerak. Lekin haqiqiy iste'molchilaringiz negativ bildirgan holatlarda ularga javob berish kerak.

Muloyim va barchaning oldida javob qaytaring

Negativ javoblarga negativ bilan emas, muloyimlik bilan, jilmayib javob qaytaring. Haq bo'lsangiz, buni barcha bilsin.

O'zingizni oqlamang, faktlar bilan gapiring

O'zingizni bo'sh so'zlar bilan oqlamang. Har bir gapingiz asosli bo'lsin. Agar xato o'tgan bo'lsa uzr so'rang. "So'rovingizni ko'rib chiqamiz, rahmat" deyish bilan ish bitmaydi. Muammoni oydinlashtirish uchun ko'proq savollar berib, uni xal qilishga harakat qiling.

@seniordaler
12 views11:30
Ochish/sharhlash
2022-12-26 13:30:01
Coca-Cola kompaniyasi reklama uchun yiliga qancha mablag' sarflashini bilasizmi?

2017 yilgi ma'lumotlarga ko'ra Coca-cola kompaniyasi xalqaro reklamalar uchun 3,96 milliard dollar sarf etgan bo'lsa, uning eng yaqin raqibi Pepsi 2,4 milliard dollar sarf etgan.

Tasavvur qilish uchun, 3,96 milliard dollarga o'zimizning eng qimmat Tahoedan taxminan 49 500 dona sotib olish mumkin.

Bizda esa biznesmenlar target uchun 100$ berishmaydi.

@seniordaler
11 views10:30
Ochish/sharhlash
2022-12-09 17:01:27
SMM natijalari qachon ko'rinadi?

Aksariyat brend egalari SMM agentliklari bilan shartnoma qilgach, darhol natija kutishni boshlashadi. Kunora kuzatuvchilar soni- yu, savdoning o'sish koeffitsientini nazorat qilishadi. Ammo bu u qadar to'g'ri emas.

Хo'sh, unda SMMning natijasi qachon ko'rinadi?

Avvalo, vahima qilmang. SMM zumdayoq savdoni o'stiradigan sehrli tayoq emas.

O'z ishining mohir ustasi bo'lgan ijtimoiy tarmoq mutaxassislari dastlabki natijalarni 3 oyda namoyish qiladilar.

Yana shunday toifali mutaxassislar borki, ular uchun muddat 6-9 oyga cho'zilib ketadi...

Bundaylar hali sohaga yangi kirib kelganlar bo'lib, strategiya va aniq reja bo'lmaganidan natijani kechiktirib yuboradilar.

Murojaat uchun: @axtamov_daler
51 viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2022-12-09 16:55:47
Ijtimoiy tarmoqlarda reklama
qilishning ba'zi qulayliklari!

1. Reklama beruvchilar, foydalanuvchilar haqidagi ba'zi ma'lumotlardan foydalanishlari va o'zlarining reklamalarini shunga qarab, kerakli auditoriyaga yo'naltirish imkoniga ega bo'lish;

2. Odamlar kuniga bir nechа marotaba ijtimoiy tarmoqlarga tashrif buyurib, ularga ko'p vaqt sarflashgani sababli, ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarni ko'rish, bosish va unga qiziqish ehtimoli ko'proq;

3. Ijtimoiy tarmoq sizga mijozlarni sodiqligini oshirishga yordam beradi, chunki u sizga sizning mijozlaringiz bilan to'g'ridan- to'g'ri aloqada bo'lish imkonini beradi, bu esa sizning tovar, mahsulot yoki xizmatlaringizni ularning diqqat markazida ushlab turadi;

4. Sinovlarni o'tkazish va qaysi reklamalarning eng yaxshi ishlashini va qaysi reklamalarni o'zgartirish kerakligini aniqlash nihoyatda arzon;

Biznesingizda, sotuv va takliflarni ijtimoiy tarmoq orqali oshirishni istaysizmi?

Admin: 914461147 @axtamov_daler
47 views13:55
Ochish/sharhlash
2022-11-16 19:18:42 Odamlar nima desa desin yashaylik

@axtamovdaler
59 views16:18
Ochish/sharhlash
2022-11-16 19:14:08
#ogohlik

Assalomu aleykum hurmatli vatandoshlar

Hozirgi kunda plastik kartalardan pul oʻgʻirlash juda koʻp kuzatilmoqda...

Har xil odamlardan "siz falon pul yutdingiz shu havolaga kirib pullarni oling" degan xabarlar kelyapti...

Biz ozgina e'tiborga olishimiz kerak boʻlgan baʼzi joylar bor...

Birinchisi: Siz hech qanaqa ish qilmasdan turib pul yutishingiz mumkin emas.
Ikkinchidan: Havolaga etibor berishingiz kerak! Havola oxiri 'uz' bilan emas, juda koʻp sonlar va harflar bilan tugagan, siz faqat boshidagi apelsin yoki (biron kompaniya nomi) va 'uz' ga ishonib havolani bosasiz va ular kartangizga ulanishiga imkon berasiz

Keladigan har qanday shunga oʻxshash xabarlarga ishonmang! Ayniqsa xabar Telegramdan kelgan boʻlsa. Telegramdan yuborilgan xabar egasini aniqlab boʻlmaydi.

Postni iloji boricha koʻproq tanishlaringizga yuboring

@axtamovdaler
55 views16:14
Ochish/sharhlash
2022-11-06 18:04:24 Eng yaxshi Digital texnologiyalar!

Internetda ishlash uchun foydalanadigan eng yaxshi xizmatlar va ilovalar!

Axborot linklari uchun: Sendpulse - elektron pochta xabarlari, BotHelp - chatbotlar uchun. ⠀
⠀⠀
Rejalashtirish uchun: Trello, Notion, Google Calendar.⠀

Eslatmalarni saqlash uchun: Notion, Evernote.⠀

Vebinar platformasi: Bizon365. ⠀

Kursda video tahlillarni yozib olish uchun: Loom, OBS (bepul), ZOOM. ⠀

Storislar uchun: Mixcaptions, Mojo - video dizayni uchun.⠀

Matnlar uchun: Glavred

Foydali bo'lsa do'stlaringiz bilan ulashing!

@axtamov_daler
57 views15:04
Ochish/sharhlash
2022-11-05 14:16:14 "Tipik" oʼzbekning 100 ta soʼzdan iborat hayoti

Beshik, yoʼrgak, yigʼi, til.
Ilk qadam, pediator.
Buvi, bogʼcha, argʼimchoq.
Xoʼrozqand, qum, oʼyinchoq.

Maktab, baho: uch, toʼrt, besh.
Toʼp, oʼyin, darsdan qochish.
Koʼcha, doʼstlar, tun, sayoq.
Urish, janjal, gips, yotoq.

Repetitor, oliygoh.
"Forma soʼrovchi dargoh"
Yoz, sessiya, "uzatish".
Wikipediya — diplom ish.

Qiz, sevgi, karashma, noz,
Koʼz, yuz, qoʼl, lab, ehtiros.
Qarz, toʼy, mebel, zoʼr artist.
Rossiya, patent, taksist.

Uy, oila.
Uy, ish.
Quyosh — yoz.
Qor — qish.

Oʼgʼil: taglik, beshik toʼy.
Biznes, jazman — pinhon uy.
Dacha, remont, jentra, pul.
Televizor, pult, futbol

Choyxona, mahalla, osh.
Koʼzoynak, oqargan soch.
Masjid, nevara, beshik.
Qon bosimi, dard, toʼshak.

Yurak, buyrak — shifokor.
Janoza, tobut. Mozor...

*aslida bu qolipni oʼzgartirish uchun harakat qilishimiz kerak

@axtamov_daler
156 views11:16
Ochish/sharhlash
2022-10-01 12:27:23
Target nima uchun kerak?

Avvalambor, keling target nima ekanligini bilib olamiz. Targeting - ijtimoiy tarmoqlarga reklama berish va u orqali kerakli va maqsadli mijozlarni jalb qilish hisoblanadi!

Jarayonda o'zingizga kerakli insonlarni: jinsi, yoshi, qiziqishi, yashash manzili orqali o'zingizga kerakli va maqsadli auditoriyani topishingiz mumkin, muhimi kam harajat qilish orqali.

SMM va Targeting xizmatlari bo'yicha adminga murojaat qilishingiz mumkin
@axtamov_daler
95 views09:27
Ochish/sharhlash
2022-09-27 18:20:55
Reklama necha kunda natija beradi?

Agar kimdir sizga kunlik 10+ reklama byudjeti bilan natija qilish uchun kamida 30 kun kutishingiz kerakligini aytsa...

U odamning maslahatlaridan uzoq yurishingizga toʻgʻri keladi...

Sababi, bunday mutaxasislari brend "taniqliligi", yani mass marketingga diqqat qaratishadi...

Reklama uchun $500+ sarflab koʻrishlar sonini oshirishni istagan odam qila oladi...

Lekin, koʻrishlar sonini sotuvlarga aylantirish - bu yerdagi haqiqiy masala...

7 kun...

7 kun - bu siz yuritayotgan reklama qanday natija berayotganini aniqlash uchun yetarlicha muddat...

Agar shu muddat ichida yetarlicha lidlar yoki sotuvlar boʻlmasa...

Bu ishni ustalariga topshirish vaqti kelganini bildiradi...

Biznesini ijtimoiy tarmoqda yuritishni xohlaydigan tadbirkorlar uchun SMM va TARGETING xizmatlarini taklif etamiz...

Murojaat uchun:
Admin : @axtamov_daler
Tel : +99891 446 11 47


@axtamovdaler
103 views15:20
Ochish/sharhlash