Get Mystery Box with random crypto!

Umr bahori #N_64 #Muallif_Mandy_Matyakubova Humayro uyiga | Mendan sen uchun

Umr bahori

#N_64

#Muallif_Mandy_Matyakubova

Humayro uyiga kelishni istamaygina keldi... Shahrizoda u kelgunicha Hovlini supurib salqinlatib, ovqat qilib qoʻygandi..
— Yaxshi keldingizmi Humayro. Oʻqish mazza boʻlsa kerak a?!— dedi Shahrizoda Humayro kelishi bilan oldiga chiqib..
— Oʻziga yarasha qiyinchiliklari ham bor... Charchab qolmadingizmi oʻzim qilardim...
—Yoʻgʻe charchab kelgansiz.. Boya Eldor aka bilan gaplashdim hali beri kelmas ekanlar... Sizga yordamlashib turishimni iltimos qildilar... Dedi Shahrizoda jilmayib huddi oʻzini baxtdan sarmast koʻrsatib. Bu gaplar Humayroga juda alam qildi.. Eldor unga hali bir marta ham qoʻngʻiroq qilmagandi...
— Haaa mayli. Men dam olay...
Dedi Humayro boʻgʻiq ovozda. Shahrizodani oldida yigʻlab oʻzini ojiz koʻrsatgisi kelmasdi... Kundosh bilan yashagandan ilon bilan yashagan yaxshi... Ilon tanani jarohatlaydi unga chidash mumkin ammo qabl jarohatiga chida qiyin... Humayro oʻqishdan kelib uhlagaani bilan ertalab uygʻondi.. boshida ogʻriq holsiz ozroq boshi aylanardi.. Sekin derazadan hovliga qaradi.. Hovlida Shahrizoda telefonda kimlar bilandir kulib oʻz uyida oʻtirgandek gaplashib oʻtiribdi.. unga qarab jigʻibiyron boʻldi. Oʻqishga borishni hohlamadi kiyimlarini kiyib hovliga chiqib hovlini supura boshladi... Shahrizoda onasi bilan gaplashayotgan ekan... Shahrizoda har ikkita gapida kulad "Oyijonim" derdi... Humayro unga hoʻrsinib qarab qoʻydi—da supuraverdi... Endi suv sepishni boshlaganida Shahrizoda telefonni oʻchirdi...
— Yaxshimisiz Humayro!?–dedi Shahrizoda kulib.
— Yaxshi rahmat..
— Oyim bilan gaplashsak telefon bechora qizib ketadi! Oyiz bilan siz ham shunday gaplashasizmi??
Humayro gapirmasdan Shahrizodaga qaradi–da koʻzidan yosh bola yigʻlagandek koʻz yoshlar marjon marjon boʻlib tusha boshladi....
— Voy sizga nima boʻldi nimaga yigʻlaysiz???
Dedi Shahrizoda hayratlanib. Shu payt darvoza ochilib qoʻlida bir dunyo sovgʻalar bilan Eldor kirib keldi... Keldiyu hovli oʻrtasida koʻzida yosh tinmay oqib turgan Humayro tushdi uning qarshisida Shahrizoda.. Eldor gʻazabdan yonib Qoʻlidagi narsalarni yerga qoʻydi.
— Humayrooo!??? Dedu baqirib. Humayro choʻchib aylanib Eldorga qaradi ..
— Iya Assalomu alaykum yaxshi keldingizmi Eldor aka... Hozirgina Humayroga aytib turgandim Eldor akam yoʻldalar kelib qoladilar siqilmang deb— dedi Shahrizoda Eldor tomonga yurub. Humayro yanada hayratga tushdi Shahrizodaning gaplaridan. Sharizoda Eldor tomon yurub borayotganda Eldor Humayro tomon yurib keldi... Shahrizoda yarim yoʻlda toʻxtab qoldi... Eldor Humayroning koʻz yoshlarini avaylabgina qoʻli bilan artib....
— Nimaga koʻzlaring nam alvastim!?— dedi Eldor mayin jilmayib...
— Charchadimmm!!— deya Humayro hoʻngrab yigʻlab yubordi....
— Yigʻlama tentakginam... Hammasi yaxshi boʻladi... Eldor Humayroni bagʻriga bosib ovuta boshladi. Shahrizoda ularga nafrat bilan boqib turdi..
— Ahvolingiz yaxshimi Humayro?— dedi Shahrizoda biroz turgandan keyin Humayroga... Eldor Humayroni bagʻridan boʻshatib Humayrodan koʻzini uzmasdan..
— Humayro ana unga ayt. Uyimdan daf boʻlsin oʻzimga javob bermayman!... Eldorning bu soʻzlaridan keyin Humayroga jon kirgandek boʻldi Eldorni orqasidan Shahrizodaga qaradi. Shahrizoda Humayroga nafrat koʻzlari ila boqib uydan chiqib ketdi....
— Dadangiz unga men bilan qolishini aytganmish. Shuning uchun kelibdi..
— Dadam unga hech qachon bunday demaydi... Nega uni uyga kiritding. Senga nimalar deb lagʻmon ildi??
— Siz unga mehribon emishsiz telefon qilib hali beri kelmasligingizni aytibsiz. Kun boʻyi u bilan emishsiz?!.
— Yoʻgʻe ??— deya kulib yubordi Eldor...
— Rostan ham shundaymi???
— Jinnimisan??? Birovni qizini baxtsiz qilib nima qilaman.. unga umuman gapirmiman ohiri oʻzi ketadi. Sen uni gaplariga ishonma. Men faqat seni baxtli qilishni hohlayman.. olib kelgan narsalarimni koʻrasanmi???
— Nima olib keldingiz.
— Chupa chups!!!


KANALGA OBUNA BO'LING

┅অঠই ☆ ☆ ইঠঅ┅
𝑨𝒅𝒂𝒃𝒊𝒚𝒐𝒕𝒈𝒂 𝑶𝒔𝒉𝒏𝒐 𝑸𝒂𝒍𝒃𝒍𝒂𝒓 ❦︎
┅অঠই ☆ ☆ ইঠঅ┅
https://t.me/+pEK_K0tjNgM2ZDIy