Get Mystery Box with random crypto!

Nega noshukurmiz?! Turmush tashvishidan horib ketganda, Qiyna | Sayyod kundaligi ®

Nega noshukurmiz?!

Turmush tashvishidan horib ketganda,
Qiynalib ketganday tutamiz oʻzni.
Hayotdan toʻyib ketganday goho,
Kattaroq ochmaymiz bu qaro koʻzni.

Oʻqish, ishdan chopqillab uyga kelamiz,
Tushlik uchun noz neʼmat yeymizku, alhol.
Dunyoning bir chetida odam oʻlmoqda,
Ochlikdan oʻlmoqda, majolsiz, behol.

Yana bir yurtdachi tengdoshimiz och,
Yana baʼzi biri bevatan, daydi.
Boshqa biri esa tinch uyqu istab,
Zaxda yotar, qabrda yotgandek xuddi.

Maktab neligini bilmaydi koʻplar,
Shoh shabba ichiga kirib oʻqiydi.
Portlashlar vaqtida goʻdaklar oʻlar,
Baxtli kun haqida ertak toʻqiydi.

Ona farzandiga alla aytmoqda:
Ikki koʻzi osmonda, tushmasin bomba.
Biz esa xotirjam uxlaymiz shu payt,
Dunyodan bexabar yotamiz, tavba!

Yana baʼzi yurtda ayol xor-u zor,
Baholanar quldek, arzon va qimmat.
Erkaklaridachi zarracha yoʻq or,
Oʻylaydi: "Ayol-qul, qiladi - xizmat".

Tashqariga chiqishni istamaydilar,
"Urushdan charchadik, biz toʻydik"-deydi.
Koʻchada jasadin yaksonlab ketar,
Qolganin qumursqa, oʻlaksa yeydi.

Aql oʻrgatishdan yiroq maqsadim,
Mushohada qiling qisqa muddatga.
Shu kun, shu on, lahzadan boshlab,
Shukrona aytaylik har bir fursatga.

Ilhomjon Abdusalomov,
44-maktab oʻquvchisi.