Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib lug'atni samarali va zerikmasdan yodlash mumkin? | Sayidov's lesson

Qanday qilib lug'atni samarali va zerikmasdan yodlash mumkin?

- Ko'p o'quvchilar lug'atni qanday yodlash haqida hamisha savol berib kelishadi. Oddiygina daftarga yozib takrorlashadi, mnemonikadan foydalanishadi va hokazolar. Lekin bir narsa aniqki, IELTS ga tayyorlanayotgan o'quvchilarning 80 % dan oshig'ining muammosi bu qanday qilib so'z yodlashni bilmasligidir!

Quyida men sizga o'z shaxsiy tajribamni bo'lishmoqchiman. Avval hech narsa qilmasdan valdirash niyatim yo'q, shuning uchun ishlatib ko'rgan usullarim haqida gapiraman. 1 yil avval Pre-IELTS ga tayyorlanayotgan paytimda 2 soat ichida 200 ta so'zni aktiv tarzda eslab qolgan edim (1 soatda 300 ta so'z yodlaydigan "megamiya" emasman). Lekin qizig'i keyin dars qilgim kelmay qolgan. Sababi - bir vaqtda kuchli bosim bo'lganidir. Shuning uchun sizga ham bir kunda o'rtacha 20-30 ta so'z yodlashni maslahat beraman va eng muhim jihati davomiy (consistent) bo'lsin.

Xo'sh, men endi sizga qanday yodlashni o'rgataman. Play Marketda FlashCards nomli ajoyib va foydali ilova bor. Unda avvalo SET (to'plam) yaratib olasiz va keyin so'zlarni kiritishni boshlaysiz. Iloji boricha, so'z va uning definition (izohi) ni yozishni tavsiya qilaman, chunki inglizcha - o'zbekcha tarzda yodlash siz o'ylaganchalik samarali emas. E'tiborli jihati, agar siz dasturga akkaunt ochib qo'ysangiz, xohlagan payt SET larni share (ulasha) olasiz. Shaxsan o'zim so'zlarni yozib chiqardim va akkauntimni o'quvchilarimga berardim. Ular ham mening akkauntim orqali ro'yxatdan o'tib, mazza qilib so'z yodlashardi!

Dasturni yuklab olish

@sayidovs_lesson