Get Mystery Box with random crypto!

[Mehnat kodeksi, qonunlar, yangiliklar, xabarlar.Fkumak.uz]

Telegram kanalining logotibi sattorovfl — [Mehnat kodeksi, qonunlar, yangiliklar, xabarlar.Fkumak.uz] M
Telegram kanalining logotibi sattorovfl — [Mehnat kodeksi, qonunlar, yangiliklar, xabarlar.Fkumak.uz]
Kanal manzili: @sattorovfl
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.01K
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda mehnat qonunchiligi va boshqa ijtimoiy-siyosiy, huquqiy muhim va eng yangi manbalarga ega bo'lasiz.
Murojaatlar uchun: @kumakuz1bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-02 05:19:45 Nikohdan o‘tishda va uni bekor qilishda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolish

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohdan o‘tishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er-xotinning fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

Er-xotindan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi o‘zgarishi ikkinchisining fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

Nikohning bekor qilinishi ushbu nikohda tug‘ilgan yoki nikoh bekor qilinguniga qadar farzandlikka olingan bolaning fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

@SattorovFL
160 views02:19
Ochish/sharhlash
2022-09-02 05:05:34 O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining butun hududi uchun yagona fuqarolik o‘rnatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.

O‘zbekiston Respublikasida har bir inson fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Hech kim O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum qilinishi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z organlari va mansabdor shaxslari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oldida mas’uldir, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida mas’uldir.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tiklash, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmonlar tarzida qabul qilinadi va imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

@SattorovFL
169 views02:05
Ochish/sharhlash
2022-09-01 17:38:39 1 сентябрдан нималар ўзгаради?

Спорт мактаблари айрим ходимларига устамалар тўлаб берилади. БАТАФСИЛ

Киракашлик ўзини ўзи банд қилиш ҳисобланади. БАТАФСИЛ

Айрим нодавлат ташкилотлар “Электрон ҳукумат” маълумотларидан фойдаланиши мумкин. БАТАФСИЛ

Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича ҳомиладорлик ва туғиш нафақалари тўланади. БАТАФСИЛ

Ишлаб чиқарилганига 10 йилдан ошмаган автомобиллар техник кўрикдан ихтиёрий ўтказилади. БАТАФСИЛ

Оилавий боғчаларга 3 ёшга тўлмаган болаларни ҳам қабул қилишга рухсат берилади. БАТАФСИЛ

Автотранспортни бошқариш учун ишончномаларни my.gov.uz орқали электрон расмийлаштириш йўлга қўйилади. БАТАФСИЛ

Меҳнат ресурслари зич бўлган қишлоқ жойларининг реестри жорий этилади. БАТАФСИЛ

Ҳайдовчиларни тайёрловчи таълим ташкилотларининг рейтингини аниқлаш тартиби йўлга қўйилади. БАТАФСИЛ

Тиббиёт ташкилотларининг илмий унвонга эга ходимларига устама берилади. БАТАФСИЛ

Академик лицейлар раҳбар ва педагог ходимларининг “Ҳаёт давомида таълим олиш” тамойили асосида малакаси узлуксиз оширилади. БАТАФСИЛ

Фуқароларга ички саёҳатлар харажатларининг бир қисми қайтарилади. БАТАФСИЛ

@SattorovFL
323 views14:38
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:48:23 O‘zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti bo‘lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquqlarini belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valyuta jamg‘armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarini, ayirboshlanadigan valyutani sotadi va sotib oladi.

15-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar, bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqarida ham O‘zbekiston Respublikasining himoyasida bo‘ladilar.

16-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi.

17-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan qonunchilikka asosan erkin chiqish huquqini saqlab qoladi.
@SattorovFL
145 views02:48
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:48:23 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonotga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi ushbu Qonunni qabul qiladi.

1-modda.
O‘zbekiston Respublikasi, o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir.

2-modda.
O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi.

3-modda.
O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi.

4-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas.

5-modda.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralarning tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi.

6-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega.
Suveren O‘zbekiston Respublikasi hududida SSSR Qurolli Kuchlarini shakllantirish va ularga rahbarlik qilish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

7-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.
Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi.

8-modda.
Davlat mulki obyektlari, shuningdek davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O‘zbekiston Respublikasining mulkidir.

9-modda.
O‘zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish respublika qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida joylashgan, Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan davlat korxonalarini aksiyali jamiyatlarga aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o‘tkazish faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi.

10-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valyuta jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega.

11-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi — milliy valyutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga haqli.

12-modda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.

13-modda.
O‘zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin.

14-modda.
121 views02:48
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:25:50 Yashash guvohnomasi 

fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yoki chet davlat fuqarosining shaxsini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat etilganligining tasdig‘i sifatida berilgan hujjat.
@SattorovFL
129 views02:25
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:24:33 Identifikatsiyalovchi ID-kartasi 

O‘zbekiston Respublikasi hududida identifikatsiyalovchi karta egasining shaxsini va fuqaroligini, shuningdek doimiy ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiga doir biografik va biometrik ma’lumotlar kiritilgan elektron jismga (chipga) ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yoki chet davlat fuqarosiga yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga beriladigan hujjat.
@SattorovFL
130 views02:24
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:04:17 #Tungi_tuhfa
#Lirik_chekinish

SOG'INDINGIZMI

Sevmayman sizni deb bag'rim ezgan qiz.
Baxtidan adashib g'amlar kezgan qiz.
Bugun qadrsizlanib qadrim sezgan qiz
Sevmaganingizni sog'indingizmi?

O't bilan o'ynashib o'tlarda yonib
Bir lahza esguvchi yelga ishonib.
Axiyri, dardisar dunyodan tonib
Sevmaganingizni sog'indingizmi?

Ko'nglingiz tubiga bekinib olib
O'zingizni majnun ko'yiga solib.
Bir paytlar oshiqqan yoringiz qolib
Sevmaganingizni sog'indingizmi?

Nechun o'rab oldi sizni buncha g'am
Tunlar muzlab yotur kipriklarda nam.
Ismimni pichirlab tushingizda ham
Sevmaganingizni sog'indingizmi?

Muhabbat bizlarni qarg'ab bo'lganda
Ohiy kutib-kutib sabri to'lganda.
Men sizni unitib, sevgim o'lganda
Sevmaganingizni sog'indingizmi?
Muallif: Firdavs Ohiy
@SattorovFL
225 views17:04
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:24:05 #Sõragandingiz
77-modda. Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh

Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
@SattorovFL
277 views16:24
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:51:56 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yosh tadbirkorlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun zarur asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida Hukumat komissiyasining qaroriga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali 7 yil muddatga qarz mablag‘lari taqdim etiladi.

Bunda, ajratilgan mazkur kredit mablag‘lari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflari asosida Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) tomonidan taqsimlanadi.
@SattorovFL
236 views15:51
Ochish/sharhlash