Get Mystery Box with random crypto!

Savoliga javob ola olmagan yigit haqida ertak Bir yigit dastu | Sariq Dev

Savoliga javob ola olmagan yigit haqida ertak

Bir yigit dasturchilikka juda qiziqib qolibdi va uni o’rganishni boshlabdi. O’rganayotganida turli qiyinchiliklarga duch kelibdi. Bu sohani yaxshiroq biladiganlardan savol so’rashga qaror qilibdi. So’ramoqchi bo’lgan insondan shaxsan so’ramoqchi bo’libdi. Qayerda yashashini qidirib topib uyiga boribdi. Eshikni taqillatibdi, hech kim ochmabdi. Keyin telefon qilishga harakat qilibdi. Nomerini topib telefon qilibdi. Hech kim olmabdi. Ohiri telegramdan qidirib topib unga yozibdi.

“Assalomu aleykum” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Yaxshimisiz?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Uzr bezovta qildim shekilli a?!” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Bir narsa so’ramoqchi edimda” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Aka bir yordam qilingey iltimos” deb yozibdi. Ohiri savol so’ragan inson jahli chiqib “Nima savolingiz bor edi?” deb yozibdi. “Aka qiynalib ketdimda” deb yozibdi. Yana javob olmabdi. “Aka?” deb yozibdi. Yana jahli chiqib “Savolingiz qani?” deb yozibdi. “Aka, shu Pythonda bir ish qilayotgandim xato chiqyaptida. Yordam bervoring debdi”. Haligi inson ohiri bloklab qo’yibdi. Natijada bu yigit savoliga javob ola olmay haftalab vaqti o’tib ketibdi. Har safar savol paydo bo’lganda shunday hatti harakatlar bilan u ko’p vaqt bekorga sarflaydigan bo’libdi.

Shu yigit bilan dasturlashni bir vaqtda boshlagan Toshmat degan yigit esa sal boshqacharoq ish qilibdi. Savol bermoqchi bo’lgan insonga bittayu bitta xat yozibdi:

“Assalomu aleykum. Yaxshimisiz? Men shu kursni o’tayotgan edim. Unda aytilishi bo’yicha shu ishni qilishim uchun quyidagi kodni yozishim kerak ekan. Huddi aytilgandek qildim. Screenshotlar jo’natyapman, ularda kodimni ko’rishingiz mumkin. O’zim Google ham qilib ko’rdim. Lekin Googleda sal boshqacharoq holatlar tushuntirilgan ekan. Iltimos ko’rib bersangiz. Qayerda hato qilyapman?”

Yani bitta xatda savolini zo’r qilib tushuntirib yozibdi. Oradan bir soat o’tar o’tmas o’z savoliga javob olibdi. Har safar savol so’ramoqchi bo’lganda huddi shu tarzda barcha kerakli ma’lumotlar bilan maqsadga o’tib yozishni odat qilib olibdi. Oradan 1 yil o’tib o’zining birinchi ishini topibdi. Oradan 5-6 yil o’tib esa o’ziga eng yoqqan kompaniyaga ishga topshirib interyudan bemalol o’tib olibdi. Hozirda esa o’zining kichik startupini ustida ishlayotgan ekan.

@jakhonrakhmonov